• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro anjuman va tadbirlar

XALQARO ANJUMAN VA TADBIRLAR

       Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xalqaro hamkorlik bo‘limi muntazam ravishda fakultet va kafedralar bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda. Ushbu tadbirlarga mehmon, hay’at a’zolari, ma’ruzachi sifatida elchixonalar, xorijiy tashkilotlar va ta’lim muassasalarining xodimlari taklif etiladi.

2020 yil 10 yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi va L.B.Shastri nomli Hind madaniyat Markazi bilan hamkorlikda  «Xalqaro hindiy tili kuni» nishonlandi.

Tadbirda Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Santosh Kumar Ja janob oliylari, Hind madaniyat markazi direktori, professor Chandra Shekxar, 24-umumta’lim maktab o‘quvchilari, TDShI jamoasi, TDShI qoshidagi yunusobod akademik litsey hamda Jahon tillari universiteti hindiy tili o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir so‘ngida elchi janoblari viktorina g‘oliblarini kitoblar bilan taqdirladi hamda institut rahbariyati va uning jamoasiga bugungi kunda institutda hind tilini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

TDShI rektori G.Rixsiyev so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizning Hindiston Respublikasi bilan turli sohalarda o‘zaro aloqalar tobora mustahkamlanib borayotganligi, ta’lim sohasida institutda kelgusida hindshunoslikni yanada rivojlantirish maqsadida katta rejalar qo‘yilganligi, bu rejalarni amalga oshirishda institut jamoasi va hind do‘stlar bilan hamkorlikni  chuqurlashtirish va kengaytirishga umid bildirdi.

Tadbir talaba va o‘quvchilar tayyorlagan madaniy chiqishlar bilan qizg‘in va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

1   2

2020 yilning 15-17 yanvar kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Toxuku Gakuin Universiteti professori Onuma Takaxironing ochiq ma’ruzalari o‘tkazildi.  Jumladan, 15 yanvar kuni “Yaponiya va O‘zbekistonning tarixiy madaniy aloqalari”, 16 yanvar kuni “O‘rta asrlarda Yaponiyaning tarixi” 17 yanvar kuni “Meydzi davrida Yaponiyaning rivojlanishi” nomli ma’ruzalari o‘qib eshittirildi. Tadbirda Yapon filologiyasi va Yaponiya tarixi, siyosati va iqtisodiyoti kafedralarining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Barcha ma’ruzalar ochiq muloqot va savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan talabalar Yaponiya va O‘zbekistonning madaniy aloqalari, Yaponiyaning tarixi va Yaponiyaning rivojlanishi tarixiga oid savollariga batafsil javob oldilar. Ma’ruzalar so‘ngida fakultet dekani E.Matchanov Toxuku Gakuin Universiteti professori Onuma Takaxiroga TDShI rektorining tashakkurnomasini topshirdi.

3     4

2020 yil 15 yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Erasmus+ doirasida xalqaro kredit mobilligi: uning ta’lim sifatini oshirish va ilmiy izlanishlardagi o‘rni” mavzusida 3-respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays, Erasmus+ Milliy ofis koordinatori Aziza Abduraxmanova, oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrantlari, doktorantlari, professor-o‘qituvchilari va yosh mustaqil izlanuvchilari ishtirok etishdi.

Konferensiyada oliy ta’lim sohasining ikki tomonlama mobilligini tashkil etish va uning baynalminallashuv jarayonini kuchaytirishda Bolonya jarayonlari tamoyillari bilan tanishtirildi.

Konferensiya Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Erasmus+ (NEO) Milliy ofisi,  Oliy ta’lim sohasi ekspertlar milliy jamoasi (HERE) va TDShI hamkorligida tashkil etildi.

5 6 7 8 9  10

2020 yilning 17 yanvar kuni Xalqlar do‘stligi saroyida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda «Bir makon, bir yo‘l – qaerda orzu uchdi» festivalini o‘tkazishdi. Tadbirda O‘zbekistonlik xitoy tilini o‘rganayotgan talabalar, kursantlar va maktab o‘quvchilari badiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Festivaldan so‘ng TDShI rektori Gulchehra Rixsiyev va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan xonim Festival to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirishdi va yaqin hamkorlik uchun bir birlariga minnatdor bo‘lishdi.

11            12

13    14      15    16

 

2020 yilning 27 yanvaridan e’tiboran, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori G.Rixsiyev hamda Koreyashunoslik fakulteti dekani Sh.Usmanovalar tashabbusi bilan Koreyashunoslik fakultetida “Tandem” darslari tashkil etildi. Ushbu innovasion darsda Koreya Respublikasining Hankuk chet tillari universitetidan 7 nafar hamda Koreyashunoslik fakulteti Sangmyong va Kyungdong qo‘shma dasturlari doirasida tahsil olayotgan 7 nafar, jami 14 nafar talaba ishtirok etmoqda.

Tandem o‘zi nima? Tandem darslari qanday amalga oshiriladi? “Tandem” so‘zi nemis tilidan olingan bo‘lib, “Ikki kishi boshqaradigan velosiped” ma’nosini ifodalaydi. Tandem darslari o‘quv jarayonidagi odatiy darslardan farq qiladi. Ushbu darslarda biror bir faoliyat turini yoki biror vazifani amalga oshirishda juftlik asosida harakat qilish nazarda tutiladi. Tandem darslarida koreyalik va o‘zbekistonlik talabalar birgalikda, o‘zaro hamkorlikda vazifalarni amalga oshiradilar.

Darslar asosan, talabalar tomonidan olib boriladi. O‘qituvchi talabalarga mustaqil ish va vazifa beradi, so‘ngra, ular ustidan nazoratni amalga oshiradi. Berilgan mustaqil ish va vazifalar milliy madaniyat markazlari, shaharning diqqatga sazovor joylari va boshqa joylarda bevosita bajarilib, darsga taqdimot hamda insho ko‘rinishida taqdim qiladi. Bu darslar talabalarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishni oshiribgina qolmay, ikki davlat talabalari o‘rtasida o‘zaro ahillik va hamjihatlikda harakat qilish tushunchalarini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

17       18

2020 yil 31 yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Konfusiy institutida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan kitoblarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda TDShI rektori Gulchehra Rixsiyev, Xitoyning Toshkentdagi elchixonasi maslahatchisi Chjan Vanchuan, ShHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi direktori Rahmatulla Nazarov, TDShI qoshidagi Konfusiy instituti direktori Saodat Nasirova va Samarqanddagi Konfusiy instituti direktori ishtirok etdilar.

Tadbirda TDShI va Konfusiy institutlariga Xitoyning tarixiy, falsafiy va madaniy merosi bilan tanishishga qaratilgan, mutaxassislar va keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan 50 dan ortiq kitoblar va risolalar topshirildi.
TDShI, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti markazi va Konfusiy institutlari vakillari o‘zbek va xitoy xalqlarining boy tarixiy va madaniy merosini o‘zaro o‘rganishga qaratilgan samarali hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

19      20

2019 yilning 4 fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Turkiya Respublikasining Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi delegatsiyasi a’zolari tashrif buyurishdi. Mazkur uchrashuv TDShI  madaniyat saroyida  bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda TDShI xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor E.Maxmudov so‘zga chiqdi va mehmonlarga tashrif uchun minatdorchilik bildirdi. Mehmonlar TDShI madaniyat saroyiga tashrif buyurgan talaba va magistrlarga Turkiya oliy ta’lim muasasalarida  “Turkiya grantlari” dasturi bo‘yicha Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muasasalarida taxsil olish imkoniyatlari hakida ma’lumot berdilar. “Turkiya  grantlari” dasturi bakalavr va magistraturaning barcha ta’lim yo‘nalishlari va doktoranturaga ajratilishi belgilangan.  Shu o‘rinda mehmonlar ushbu grant olish uchun qo‘yilgan talablar  bo‘yicha ma’lumot berib o‘tishdi. Ushbu grant sohiblariga bakalavr yo‘nalishiga 800 lira, magistraturaga 1100 lira, doktoranturaga 1600 lira, ilmiy tadqiqotchilarga 3000 lira miqdoriga  har oylik o‘qish davomida stipendiyalar belgilangan.

21                                22

2020 yilning 5 fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda O‘zbekistondagi yapon tili o‘qituvchilari uyushmasi ko‘magida “Insonlar va mamlakatlarni birlashtira oladigan kuch” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkentdagi beshta oliy ta’lim muassalaridan yapon tilini o‘rganayotgan 100 ga yaqin talabalar qatnashdilar. Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi  Yoshinori Fudjiyama o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning o‘tgan yil 17-20 dekabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrifidan keyin mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik darajasi yanada oshganligini ta’kidlab o‘tdi.

Tokio chet tillari universiteti doktoranturasi bitiruvchisi, PhD To‘xtamirzayeva Mashkuraxon Yaponiyani o‘rganishdagi boy tajribasiga tayanib, turli sohalarni, jumladan, hozirgi Yaponiya jamiyati, iqtisodiy vaziyat, Yaponiyaning turizm sohasi, Tokioda bo‘ladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini qamrab olgan mazmunli ma’ruza qildi.

23

24

25

26

2020 yilning 11-13 fevral kunlari Chet ellik professor-o‘qituvchilarni oliy ta’lim tizimiga jalb etish hamda ta’lim sifatini oshirish chora tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakulteti “Uzoq Sharq  va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti”  kafedrasiga  jahonning top-1000 universitetlar qatoridan o‘rin olgan Hindistonning Jamiya Milliya Islamiya universiteti professori Shahid Taslim taklif etildi. Shahid Taslim zamonaviy ta’lim tizimi hamda Hindiston ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari mavzularida ma’ruzalar qildi.

     2827

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli farmonida belgilangan xorijdagi vatanadoshlarni oliy ta’lim tizimiga jalb etish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yilning 11-13 fevral kunlari TDShI Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakulteti “Uzoq Sharq  va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti”  kafedrasiga dunyoning top-1000 universitetlari qatoridan o‘rin olgan Koreya Respublikasining Yongnam (Yeungnam) universiteti professori PhD Dedaxanov Alisher Toxirovich taklif etildi. Dedaxanov Alisher professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy tadqiqot metodologiyasi hamda “Web of Science” xalqaro bazasida ilmiy tadqiqot natijalarini nashr qilish imkoniiyatlari mavzularida, talabalar uchun esa, ishonarli va samarali matn yaratish orqali mijozni jalb qilish, boshqaruv ko‘nikmalari, tashkilot strategiyasi va tarkibi kabi mavzularda seminar-treninglar tashkil qildi.

29

30

31

2020 yilning 13 fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Yaponshunoslik fakultetida Yaponiyaning Sukuba unversitetidan taklif qilingan professor Sunakava Yurikoning ilmiy seminari va fakultetning 2 va 4-kurslari uchun “Yapon tili yozuv tizimi” mavzusida ma’ruzalari tashkil etildi. Yapon jamiyatida yozuvning qo‘llanilishidagi o‘ziga xosliklar qiziqarli misollar asosida sharhlandi. Xitoy tilining yapon yozuviga ta’siri, davr talabiga qarab bu ta’sir doirasining o‘zgarib borishi haqidagi ma’lumotlar talabalarda chuqur taassurot uyg‘otdi. Yozuvning o‘zida mujassamlashtirgan obrazini insonga ko‘rsatadigan ta’siri yuqori ekanligi talabalarda qiziqish uyg‘otdi. Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

        33

2020 yilning 20 fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti  Madaniyat saroyida Yaponshunoslik fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida har yili ana’naviy tarzda o‘tkaziladigan “Yapon tilida notiqlik san’ati” tanlovi 29-marotaba bo‘lib o‘tdi.  Mazkur tanlovda 18 nafar talaba-yoshlar o‘zlari tanlagan mavzular bo‘yicha yapon tilida qanchalik ravon va to‘g‘ri so‘zlashish san’atiga ega ekanliklarini ko‘rsatib berdilar.

33

34

35

Tanlovda O‘zbekiston-Yaponiya Markazidan Yamasaki Noriko va Sinkoi Xidexiro, O‘zbekiston-Nagoya markazidan Imamura Eiti, va O‘zbekiston Yuridik Universitetidan Nishidzaka Syoxey hay’at a’zolari sifatida ishtirok etdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi va tanlov yakunida 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilarga respublika miqyosida o‘tkaziladigan “Yapon tilida notiqlik san’ati” tanloviga yo‘llanma berildi.

36 37 38 39

2020 yilning 8 fevral – 4-mart kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakulteti “Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasiga taklif etilgan dunyoning yetakchi Top-1000 universitetlari qatoridan o‘rin olgan Hindistonning Jamia Millia Islamia universitetiti o‘qituvchisi Shiraz Xan “Hindiston iqtisodiyoti” va “Hindistonda biznes va tadbirkorlik” fanlaridan ma’ruza va amaliy darslar olib bordi. Shuningdek, Shiraz Xan tomonidan fakultet professor-o‘qituvchilari uchun “Hindistonda oliy ta’lim tizimi” hamda “O‘zbekistonda ta’lim tizimini takomillashtirish“ mavzularida seminar-treninglar tashkil qilindi.

40 41

2020 yilning 3 fevraldan 16 aprelga qadar dunyoning top-500 talik universitetlar qatoriga kiruvchi Leyden universitetidan (Nederlandiya) Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga 3 oy muddatga stajirovka o‘tash uchun kelgan Jemi Komstok-Skipp Sharq filologiyasi fakultetining fors-ingliz guruhi 2-3-kurs talabalariga “Markaziy Osiyodagi Shayboniylar davri miniatyura san’atlari”, “Shayboniylar davridagi miniatyura san’atida Buxoro maktabi” kabi qator mavzularda fors, ingliz tillarida mahorat darslarini o‘tdi. 20 soat dars mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan bu seminar-trening, avvalo, talabalarimizning dunyoqarashini oshirmoqda. Qolaversa, dunyoning yetakchi universitetlarida ayni damda ilm-fanda yuz berayotgan tendensiyalarni o‘rganishlari uchun sharoit yaratmoqda.

42 43

2020 yil 2 mart kuni O‘zbekistondagi Hindiston elchixonasi va L.B.Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo tillari kafedrasi” qoshidagi Maxatma Gandi hindshunoslik markaziga 5.500 AQSh dollari qiymatidagi elektron doskani sovg‘a qildi. Kompyuter, televizor, proektor, radio va boshqa bir qancha vazifalarni bajaruvchi ushbu doska talabalarga hindiy tilini chuqur o‘rganish, ayniqsa, internet yordamida hindiy tilini jonli tinglash va bu orqali talaffuzni yaxshilash, hind madaniyati, urf-odatlarini o‘rganish kabilarni o‘zlashtirishda juda yaxshi va qulay amaliy yordam ko‘rsatadi.

Elektron doskani rasmiy topshirish uchun L.B.Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori, professor Chandra Shekxar janobi oliylari tashrif buyurdilar. Doskani qabul qilish jarayonida TDShI tomonidan halqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor E.Maxmudov, halqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.Muhsinov, “Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo tillari” kafedrasi mudiri U.Muhibova, kafedra o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

44

2020 yilning 14 mart kuni TDShIda Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida “Indoneziya kunlari” tadbirining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga Indoneziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Sunaryo Kartadinata  boshchiligidagi elchixona a’zolaridan iborat delegatsiya  tashrif buyurdi. Mazkur tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda talabalar o‘z chiqishlari, sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar. Unda talabalar o‘zlarining indonez tilini bilish darajasi bilan bog‘liq musobaqalar, indonez milliy liboslari namoyishi, indonez musiqasi va milliy qo‘shiqlari ijro etildi. Tadbir talabalar tomonidan tayyorlagan madaniy chiqishlar bilan qizg‘in va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa sovrindorlariga institut rektori G.Rixsiyev va Elchi janoblari Sunaryo Kartadinata tomonidan sovg‘alar topshirildi. Ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

46 47 48 49

02.07.2020, 01:18 1563

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: