• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O’qishni o’zgartirish va qayta tiklash

XIZMATDAN FOYDALANISH UCHUN BU YERNI BOSING!

onlayn_4_26135053

 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETINING MOS VA TURDOSH TA’LIM YO‘NALISHLARI (MUTAXASSISLIKLARI) TARKIBIDA O‘RGANILAYOTGAN SHARQ TILINI BOSHQASIGA O‘ZGARTIRISH BO‘YICHA MUROJAAT QILUVCHI UNIVERSITETIMIZ TALABALARI DIQQATIGA!

     Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining mos va turdosh(bakalavriat kirish test sinovlari va magistratura kirish imtihonlari bir-biriga mos keluvchi) ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) tarkibida o‘rganilayotgan sharq tilini boshqasiga o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyunidagi  393-sonli Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bandiga muvofiq va talabaning o‘zgartirilayotgan sharq tilidan tegishli kurs materiallarini bilishini aniqlovchi imtihonlar natijasiga ko‘ra Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining rektori buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

BUNING UCHUN TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI TALABALARI:

  1. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Qabul komissiyasiga 2020 YIL 15 IYuLDAN 5 AVGUSTGA qadar bo‘lgan muddatda murojaat qilishlari mumkin.
  2. Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, talabalar o‘rganilayotgan sharq tilini boshqasiga o‘zgartirish jarayonini tashkil etishda talabalarning hujjatlari universitet rasmiy vebsayti https://tsuos.uz/oqishni-kochirish-va-qayta-tiklash/ orqali qabul qilinadi.

O‘RGANILAYOTGAN SHARQ TILINI O‘ZGARTIRISH ISTAGINI BILDIRGAN TALABALARLARDAN QUYIDAGI HUJJATLAR TALAB ETILADI:

      1.O‘zgartirishni istagan sharq tili, ta’lim tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ta’lim shakli, maqsadli qabul bo‘yicha o‘qishga kirmaganligi, o‘rganilayotgan sharq tilini o‘zgartirish sabablari, o‘zgartirish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

      2.Talabaning reyting daftarchasi nusxasi;

      3.Talabaning pasport nusxasi

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar:

(95) 515-15-05, 71 233-82-39, 71-233-34-28

 

 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIGA O‘QISHINI QAYTA TIKLASH BO‘YICHA MUROJAAT QILUVCHI FUQAROLAR DIQQATIGA!

     Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga o‘qishini qayta tiklash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyunidagi  393-sonli Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bandiga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining rektori buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

BUNING UCHUN FUQAROLAR:

  1. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Qabul komissiyasiga 2020 YIL 15 IYuLDAN 5 AVGUSTGA qadar bo‘lgan muddatda murojaat qilishlari mumkin.
  2. Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, talabalar o‘rganilayotgan sharq tilini boshqasiga o‘zgartirish jarayonini tashkil etishda talabalarning hujjatlari universitet rasmiy vebsayti https://tsuos.uz/oqishni-kochirish-va-qayta-tiklash/ orqali qabul qilinadi.

 

O‘QISHINI KO‘CHIRISH ISTAGINI BILDIRGAN TALABALARLARDAN QUYIDAGI HUJJATLAR TALAB ETILADI:

      1.O‘qishdan chetlatilish yili, kursi va sabablari ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada universitetdagi o‘qigan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ta’lim shakli, maqsadli qabul bo‘yicha o‘qishga kirmaganligi, qayta tiklash qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

      2.Talabaning reyting daftarchasi nusxasi;

      3.Talabaning pasport nusxasi

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar:

(95) 515-15-05, 71 233-82-39, 71-233-34-28

17.07.2020, 13:21 2621

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: