• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xodimlar bo‘limi

photo_2019-10-14_18-07-21 Nasirova Nilufar Yuldashevna
Lavozimi: Kadrlar bo’limi boshlig’i
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99871 233 44 36

+99890 773 76 74

E-mail:  kadr@tashgiv.uz

Bo‘limning asosiy vazifalari

– Ishga olingan har bir xodim va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, xodimlarning mehnat daftarchalarini hamda faoliyatiga oid buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;
– Universitet professor-o‘qituvchilari, o‘quv-yordamchi va ma’muriy xo‘jalik-xodimlarini o‘rnatilgan tartibda ishga olish, boshqa ishga o‘tkazish, vazifasidan ozod etish bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash;
– Professor-o‘qituvchi va xodimlarning qo‘nimsizligini tahlil qilish, xodimlar sifat tarkibini yaxshilash va ularni o‘rnashib qolish borasida olib boriladigan ishlar, foydalanish uchun ma’lumotlar, shuningdek faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganish;
– Universitet professor-o‘qituvchilari hamda fakultet dekan va dekan o‘rinbosarlarini davlat attestatsiyasini tashkil etishda ko‘maklashish;
– Universitet nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida rahbariyatga takliflar berish;
– Universitet xodimlarini vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkillashtirishda rahbariyatga taklif kiritish;
– Universitetning bakalavriyat, magistratura bosqichlari davlat ta’limi standartlari talablarini va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini davlat talablari va o‘quv rejasini to‘liq bajargan shaxslarga Davlat Attestatsiya komissiyasi qarori asosida institut rektorining buyrug‘iga binoan davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarga shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar berish;
– O‘qishga qabul qilingan talabalarni shaxsiy hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va ularni belgilangan muddatga qadar saqlash;
– Bitiruvchi talabalarga diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalarni o‘rnatilgan tartib qoidalari, me’yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish;
– Universitet tomonidan berilgan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom, diplom ilovalari va guvoxnoma)lar bo‘yicha tegishli organlarning so‘rovnomalariga, shuningdek, institutning barcha xodimlari, talabalari to‘g‘risida huquq-targ‘ibot organlari so‘rovnomalariga o‘rnatilgan tartibda javob yo‘llaydi;
– Universitetning bakalavriyat, magistratura bosqichlari davlat ta’limi standartlari va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan bitiruvchi va ularga davlat tomonidan tasdiqlangan diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar rasmiylashtirilganligi yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumotlar bankini yaratadi.

Xodimlar bo’limi tarkibida Talabalar bo’limi faoliyat olib boradi.

23.06.2020, 16:36 2547

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: