• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Tarix va falsafa fakulteti

 w QODIROV ZIKRILLOXON MUSOXONOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Katta o‘qituvchi
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99871 256 82 57
E-mail: z.m.kodirov@mail.ru

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Tarix va falsafa fakultetida uchta mutaxassis tayyorlovchi kafedra faoliyat olib boradi. Ular quyidagilar:

1) “Sharq mamlakatlar tarixi va hozirgi zamon muammolari” kafedrasi.

2) “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi” kafedrasi.

3) “Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi.

Fakultetda bugungi kunda asosiy shtatda 28 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shundan: 5 nafari fan doktori, professorlar; 13 nafari fan nomzodi (PhD), dotsentlar; 10 nafari katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar.

Fakultet bo‘yicha ilmiy salohiyat 64,3 % ni tashkil etadi:

– “Sharq mamlakatlar tarixi va hozirgi zamon muammolari” kafedrasi 63,6 %.

– “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi” kafedrasi 70,0 %.

– “Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi 57,1%.

Без имени-1 sss

 

Tarix va falsafa fakultetida bakalavriat va magistratura bosqichida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

5120300 – Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha) – 4 yil;

5120300 – Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha) – 4 yil;

5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati – 4 yil;

Magistratura mutaxassisliklari

5A120302 – Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha) – 2 yil;

5A120304 – Tarixshunoslik, manbashunslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo tarixi bo‘yicha) – 2 yil;

5A120801 – Sharq falsafasi va madaniyati – 2 yil;

 

Fakultetda jami:

610 nafar shundan,

383 nafar bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida,

90 nafar bakalavriat bosqichi kechki ta’lim shaklida,

66 nafar bakalavriat bosqichi sirtqi ta’lim shaklida,

71 nafar magistratura bosqichida,

1 nafar xorijiy talaba ta’lim olmoqda.

 

Fakultetdagi barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida o‘rganiladigan xorijiy tillar

Sharq tillari: Arab, Fors, Turk, Pushtu, Dariy, Hindiy, Urdu, Xitoy

G‘arb tillari: Ingliz, Nemis, Fransuz

 

Xalqaro aloqalar

Rossiya: Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika instituti, Sankt-Peterburg qo‘lyozmalar instituti, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti Sotsiologiya, tarix va falsafa departamenti, Davlat Ermitaji.

Xitoy: Shimoliy-g‘arbiy universitet, Shensi pedagogika universiteti, Lanjou universiteti.

Turkiya: Ankara universiteti, Istanbul universiteti, Xajittepe universiteti, Ederne universiteti, TIKA tashkiloti.

Niderlandiya: Leyden universiteti.

 

Ilmiy faoliyat va doktorantura

“Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, manbashunosligi va tarixiy geografik tadqiqotlar ilmiy markazi” (Markaz rahbari t.f.d. prof. Ishoqov M.M.)

Doktorantura

Bugungi kunda fakultetda 15 nafardan ziyod doktorant va mustaqil tadqiqotchilar tarix va falsafa sohasidagi quyidagi shifr mutaxassisliklari bo‘yicha fan doktori (DSc)  va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda:

07.00.03 – Jahon tarixi

07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari

09.00.03 – Falsafa tarixi

 

Bugungi kunda quyidagi tashkilotlar bilan korporativ hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan:

O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zRFA Tarix instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, O‘zR VM huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar Mirobod tumani Xalq ta’limi boshqarmalari.

 

Fakultet bitiruvchilari quyidagi tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritadi

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
  • Vazirlar mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi
  • O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari
  • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
  • Fanlar akademiyasi Ilmiy tadqiqot institutlari
  • O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
  • O‘zbekiston Respublikasi siyosiy partiyalari
  • Oliy ta’lim muassasalari
  • Fanlar akademiyasi muzeylari
  • Tarjima byurolari
  • Nashriyotlar
  • Qo‘shma korxonalar
  • O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi
  • Xorazm Ma’mun akademiyasi

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Fakultetda faoliyat olib borayotgan to‘garaklar:

“Yosh tarixchi-sharqshunoslar”

“Yosh tarixchilar”

“Yosh faylasuflar”

“Information technologies (IT)” klubi

“Asian strategy” klubi

Fakultet talaba-yoshlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 5 ta tashabbus doirasida quyidagilar tashkil etilgan:

“ZAKOVAT” ligasi

 “Talabalar teatr studiyasi”

TF Ligasi 2019/2020 mavsum

Dekan kubogi

Navro‘z 2020

 

Moddiy texnik baza

O‘quv binosi: Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi 16 uy

O‘quv auditoriyalari soni 35 ta

Kompyuter sinflari 3 ta

Multimediya majmuasi bilan jihozlangan auditoriyalar soni  19 ta

Talabalar turar joyi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani Ziyolilar ko‘chasi 33 uy

Fakultet joylashgan binoda institutning asosiy Axborot-resurs markazi (ARM) joylashgan bo‘lib, uning fondida 15000 ga yaqin nomdagi o‘quv adabiyotlari mavjud. ARMda yangi dastur bo‘yicha axborot resurslar bilan ishlashning zamonaviy imkoniyatlari yaratilgan. O‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarning to‘liq matnli elektron shakli skanerlash asosida ishlanib, dasturiy ta’minotga kiritish yo‘lga qo‘yilgan. ARMga a’zo bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun masofadan turib foydalanish imkoniyati ham yaratilgan.

12 12

89 5

 

 

 

 

29.04.2020, 17:54 6540

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: