• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

PR-4680

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
SHARQSHUNOSLIK SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH VA ILMIY SALOHIYATNI
OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
    Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tomonidan O‘zbekistonning Sharq mamlakatlari bilan ikki va ko‘p tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi malakali mutaxassislarni tayyorlash, jahonda ro‘y berayotgan jarayonlarni to‘g‘ri talqin qila oladigan tahliliy tafakkurga ega kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, sharq tillari bo‘yicha sinxron tarjimonlarni yetishtirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, institutda sharqshunoslik sohasida xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-pedagogik salohiyatni rivojlantirish, ta’lim jarayonining o‘quv-uslubiy va axborot ta’minotini yaxshilash, moddiy-texnik bazani zamon talablariga mos ravishda yangilashda o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar saqlanib qolmoqda.
Sharqshunoslik sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, ilm-fanni jadal rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning salohiyati, pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borish, talaba-yoshlarni sharqona qadriyatlar asosida tarbiyalashni takomillashtirish maqsadida:
1. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etilsin.
2. Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Sharq mamlakatlarining tillari, tarixi, madaniyati, moddiy va ma’naviy merosi, iqtisodiyoti, siyosati, xalqaro maydondagi nufuzi, ularning zamonaviy antropologiya va etnologiyasi, tarjimashunoslik, shuningdek, turizm va gid hamrohligi sohalarida zamonaviy bilimlarni mukammal egallagan, mehnat bozori uchun raqobatbardosh bo‘lgan kadrlarni tayyorlash;
Sharq mamlakatlarining rivojlanish omillari, ulardagi zamonaviy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar, sharq madaniyati va merosi, qadimiy yodgorlik va qo‘lyozmalarni ilmiy jihatdan o‘rganish, mazkur yo‘nalishda ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
respublikada sharq tillari va adabiyoti, tarixi, madaniyati, falsafasi, siyosati va iqtisodiyotini o‘qitish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida xorijiy mamlakatlarning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda sharq tillarini bilish darajasini baholovchi metodikalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, til ta’limi sohasida hamda Sharq mamlakatlari bo‘yicha axborot beruvchi zamonaviy media mahsulotlar va elektron o‘quv adabiyotlarni ishlab chiqish;
Sharq mamlakatlaridagi zamonaviy tendensiyalar, tarixiy jarayonlar, sharq xalqlarining madaniy aloqalari va merosini tadqiq qilish, tahliliy ma’lumotlar tayyorlash hamda mazkur sohada ilmiy-ommabop adabiyotlar, darslik va monografiyalar chop etish;
talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarda Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirib borish;
sharqshunoslik va sharq madaniy merosi sohalarida professor-o‘qituvchilarning respublika hamda xorijiy mamlakatlarda stajirovka o‘tash va ularning malakasini oshirish ishlarini muntazam tashkil etish;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda respublika uchun istiqbolli bo‘lgan yangi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish.
3. Belgilab qo‘yilsinki, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
Universitetga ta’lim standartlarini ishlab chiqish, malakaviy talablar, o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda talabalarning bilimini baholash hamda o‘quv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi beriladi;
Universitetda ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari Universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi;
Universitetda sharq tillari o‘qitiladigan ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun doimiy faoliyat yurituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi hamda kurslardan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining:
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Universitetga o‘qishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillari) topshiriladigan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ushbu tajribani boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirg‘iz tillari va boshqalar) bo‘yicha respublikadagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda test sinovlari bazasini va kerakli infratuzilmani o‘z muddatida va sifatli shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
5. Universitet, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotganini hisobga olib, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqsin hamda ularning ish faoliyatini darslarga sifatli tayyorgarlik ko‘rishga va ilmiy salohiyatini kuchaytirishga qaratsin;
ilmiy loyihalarni bajarish jarayoniga iqtidorli talabalar, magistrantlar va doktorantlarni jalb qilishni kengaytirsin;
iqtidorli talabalar, magistrantlar va doktorantlarning ilmiy, innovatsion va startap loyihalarini tanlov asosida moliyalashtirish choralarini ko‘rsin;
fakultetlar tarkibi va kafedralar yo‘nalishlarini ko‘rib chiqsin hamda ularning faoliyatini yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida qayta tashkil etsin;
ta’lim sifatini oshirish, o‘quv va ilmiy faoliyatni ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish maqsadida nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirokida onlayn kurslar, ma’ruzalar va mahorat darslarini muntazam tashkil etsin;
professor-o‘qituvchilar va mas’ul xodimlar uchun, zarurat tug‘ilganda, tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida kredit-modul tizimiga o‘tish bo‘yicha seminar-treninglar turkumini tashkil qilsin;
nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda salmoqli ilmiy nashrlar e’lon qilgan, “ustoz-shogird” tamoyili asosida iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar yoki yosh professor-o‘qituvchilar bilan hammualliflikda yuqori impakt-faktorli xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etgan professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimini joriy etsin.
6. Quyidagilar:
a) 2020 — 2023-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda, shu jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:
o‘quv rejalarida amaliy va sayyor mashg‘ulotlarni o‘tkazishni kengaytirish, talabalarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan fanlarga ajratilgan soatlar ulushini oshirish;
ta’lim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi ta’lim texnologiyalari bilan boyitish;
ilg‘or xorijiy tajriba asosida boshqaruv xodimlari va professor-o‘qituvchilar faoliyatini kompleks baholash indikatorlari asosida moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish;
Universitet salohiyatini bosqichma-bosqich oshirish maqsadida Universitet doktoranturasiga qabul kvotasini ko‘paytirish, yangi ixtisosliklar bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar uchun badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlari elektron kataloglari hamda jahon ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Universitetning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini ta’minlash;
b) 2023-yilgacha Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) (keyingi o‘rinlarda — maqsadli ko‘rsatkichlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
2020-yil 1-iyulga qadar Universitet huzuridagi akademik litsey faoliyatini tanqidiy o‘rganib, uning faoliyatini takomillashtirish, qabul jarayoniga qo‘yilgan talablarni qayta ko‘rib chiqishni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin;
chora-tadbirlar dasturida akademik litseyga o‘quvchilar xorijiy tilni bilish darajasiga qarab qabul qilinishini hamda Universitet kafedra mudirlari va yetakchi olimlarining akademik litsey o‘quv guruhlariga biriktirilishini nazarda tutsin.
8. Sharq tillari sohasida o‘rta bo‘g‘in professional kadrlarni tayyorlash, shuningdek, iste’dodli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish maqsadida Namangan va Xiva shaharlarida sharq tillari bo‘yicha texnikumlar tashkil etilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020-yil 1-avgustga qadar Namangan va Xiva shaharlarida tashkil etilayotgan sharq tillari bo‘yicha texnikumlarni sharq tillarini o‘qitishga moslashtirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin.
9. Ta’lim sifatini oshirish, kadrlar tayyorlashda innovatsion usullarni joriy etish maqsadida Universitet tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan:
sharq tillari bo‘yicha malakali tarjimonlarni zamonaviy usullar asosida amaliyot bilan uyg‘unlikda tayyorlashga qaratilgan Sinxron tarjima laboratoriyasi;
talabalarda mustaqil ta’lim kompetensiyalarini hamda sharq tillari bo‘yicha elektron ta’lim resurslarini shakllantirishga xizmat qiladigan zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan Multimedia markazi tashkil etilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Madaniyat vazirligining Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi hamda Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazini (keyingi o‘rinlarda — markazlar) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Quyidagilar:
sharq xalqlarining madaniyati, sharq tillaridagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni har tomonlama chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targ‘ib etish Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazining;
Sharq mamlakatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyoti xususiyatlari va rivojlanish modellarini kompleks tadqiq etish, O‘zbekiston Respublikasining Sharq davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirish nuqtai nazaridan o‘rganish Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin.
Belgilab qo‘yilsinki, shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, ilmiy-texnik dasturlarga ajratilgan budjet mablag‘lari, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining:
yozma yodgorliklar bo‘yicha maqsadli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qo‘lyozma va toshbosma manbalarning faksimile, foto, skaner nusxalari bilan Universitetni bepul ta’minlash;
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va muzeylari huzurida Universitetning adabiy va tarixiy manbashunoslik yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlovchi kafedralarining filiallarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda har yilgi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirishda ularda sharqshunoslik sohasi bo‘yicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini nazarda tutsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Universitet bilan birgalikda:
Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmud Zamaxshariy va boshqa buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tili, madaniyati va tarixiga oid yozma manbalarni;
Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari tarixi, antropologiyasi, tili va adabiyoti, ijtimoiy-siyosiy jarayonlari, ichki va tashqi siyosatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini o‘rnatilgan tartibda kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining Universitet xalqaro obro‘sini mustahkamlash, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorligini kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or tajribalarni o‘quv va ilmiy jarayonga tatbiq etish maqsadida chet ellik mutaxassislar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning malakali xodimlari tomonidan Universitetda ma’ruzalar o‘qish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan dars berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ilmiy-nazariy ma’ruzalar o‘qish uchun taklif etiladigan chet ellik professor-o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalarining berilishi va uzaytirilishini, O‘zbekiston Respublikasidagi vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
17. Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 20a-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Universitetga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz o‘tkazib berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi 2021-yil 1-avgustga qadar mazkur bandga muvofiq Universitetga berilgan hududda Universitetning yangi 9 qavatli binosi va sport majmuasini qurish va foydalanishga topshirish choralarini ko‘rsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Universitetning yangi binosi va sport majmuasini qurish hamda jihozlash uchun zarur mablag‘larni jalb qilsin va o‘z vaqtida ajratsin;
Hisob palatasi bilan birgalikda Universitetning yangi binosi va sport majmuasini qurish hamda jihozlash uchun ajratilgan mablag‘larning oqilona va maqsadli sarflanishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi Universitetning asoslantirilgan takliflari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, rahbar xodimlar va tadqiqotchilarning xorijda amaliyot o‘tashi va stajirovkasini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur qaror ijrosini tashkil etishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — mazkur qarorning ijrosini sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov — sharqshunoslik sohasida yetarli bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, Universitet faoliyatini lozim darajada tashkil etish, sharq tillarini bilish darajasini baholash tizimini joriy qilish, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish, Dasturni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlasin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin hamda uning ijrosi bo‘yicha har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish, sharqshunoslik sohasida malakali kadrlarni tayyorlash va ilmiy salohiyatni yaxshilash yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsin;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, matbuot anjumanlar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-aprel,
PQ-4680-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-son qaroriga
1-ILOVA
2020 — 2023-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini kompleks rivojlantirish
DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlari

Moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Ta’lim sifatini oshirish, yo‘nalishlar va mutaxassisliklarni maqbullashtirish, kadrlar tayyorlashning
maqsadli parametrlarini shakllantirish hamda tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish

1.1. Kadrlar iste’molchilari bilan aloqalarni muvofiqlashtirish va bitiruvchilar bilan ishl�sh

1.

Tashkilotlar va tili o‘rganilayotgan mamlakatlarda talabalar amaliyotini tashkil etish

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi talabalari amaliyotini Universitetga baza sifatida belgilangan ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish muassasalarida tashkil etish.

Talabalar amaliyotini bosqichma-bosqich bevosita tili o‘rganilayotgan mamlakatda o‘tkazish.

Universitetda kadrlar iste’molchilari bilan aloqalarni muvofiqlashtirish, talabalar amaliyotini samarali tashkil etish va monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi Amaliyot va hamkorlik bo‘limini tashkil etish.

Universitet
va homiy tashkilotlar mablag‘lari, xalqaro grantlar

Smeta asosida Davlat budjeti
va Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-sentabr

2020-yil
1-sentabrdan

2020-yil
1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Tashqi ishlar vazirligi (I. Ne’matov)

2.

Magistraturada ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish orqali ta’lim samaradorligini oshirish

Magistratura dasturlarini ixtisoslikni chuqur o‘rganishga, pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga yo‘naltirish.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Tarix instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyini Universitetning ilmiy-tadqiqot bazasi sifatida belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Fanlar akademiyasining tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, “O‘zarxiv” agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika bandlikka ko‘maklashish va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi, siyosiy partiyalar, muzeylarni Universitetning amaliyot bazasi sifatida belgilash.

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-sentabr

2020-yil
1-iyul

2020-yil
1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

hamkor tashkilotlar

3.

Hamkor tashkilotlarda kadrlar tayyorlovchi kafedralar filiallarini tashkil etish

Universitetning ta’li? yo‘nal?shlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida kafedralarning filiallari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Kafedralar filiallarida mashg‘ulotlar o‘tkazgan, malakaviy amaliyot hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik, maslahatchilik qilgan ilmiy xodimlarga Universitet tomonidan soatbay ish haqi to‘lash tartibini joriy etish.

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-sentabr

2020-yil
1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

hamkor tashkilotlar

1.2. Yangi o‘qitish uslublarini joriy etish, xorijiy tajriba asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish

4.

O‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish va bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga moslashtirish

Tarmoqlar va mehnat bozori ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari va talablari hamda ilg‘or xorij tajribasi asosida yangi o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Bunda bitiruvchilarning qo‘lyozmalar bilan ishlash, qo‘shma korxona va turistik kompaniyalarda gid-tarjimon sifatida faoliyat olib borishi uchun tili o‘rganilayotgan Sharq mamlakatlari va O‘zbekiston tarixi, madaniyati va urf-odatlariga oid kompleks bilimlarga ega bo‘lishiga erishish maqsadida fan dasturlari mazmunini takomillashtirish.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalarini maqbullashtirish orqali o‘quv fanlari sonini kamaytirish.

O‘quv rejalarida amaliy va ko‘chma mashg‘ulotlarni o‘tkazishni ko‘zda tutish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini ta’minlashga ajratilgan soatlar hajmini oshirish.

Bosqichma-bosqich rivojlangan davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishni kengaytirish.

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-avgust

2020-yil
1-avgust

2020-yil
1-sentabr

2020-yil
1-sentabr

2020-yil
1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

5.

Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish

O‘qituvchilar tomonidan innovatsion ta’lim texnologiyalari o‘zlashtirib borilishi, novatorlik ishlanmalari yaratilishining muntazam monitoringini yuritish.

Ta’lim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi ta’lim texnologiyalari bilan boyitish.

O‘quv jarayonida elektron ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda masofaviy o‘qitish tizimini joriy etish.

Universitet mablag‘lari

Universitet mablag‘lari

2020 — 2023-yillarda

2020-yil
1-avgust

2020-yil
1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

6.

O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda Axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish

O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga professor-o‘qituvchilar uchun moddiy va ma’naviy ta’minot asoslarini yaratish.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet xarajatlari smetasida muntazam mablag‘ ajratish.

Universitet ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida Tahririy nashriyot bo‘limi faoliyatini takomillashtirish, bosmaxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy bosma jihozlar bilan ta’minlash.

Universitet mablag‘lari

Universitet mablag‘lari

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-avgust

2020  2023-yillarda

2020-yil
1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

1.3. Rektorat, fakultetlar, kafedralar va akademik litsey rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari zaxirasini yaratish, ularning pedagogik mahorati va kasbiy darajasini oshirish

7.

Kadrlar zaxirasini shakllantirish

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida dekanatlar, kafedralar hamda bo‘limlar rahbarlari, shuningdek, professor-o‘qituvchilar faoliyatini ularning o‘quv-uslubiy, ilmiy, tarbiyaviy faoliyati samaradorligini kompleks baholash indikatorlari asosida moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish.

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

8.

Pedagog kadrlar tarkibini sifat jihatdan yaxshilash

Universitet salohiyatini bosqichma-bosqich oshirish maqsadida Universitet doktoranturasiga qabul kvotasini ko‘paytirish, yangi ixtisosliklar bo‘yicha oliy malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish.

Magistraturaning iqtidorli bitiruvchilarini pedagogik faoliyatga jalb etish, yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish orqali professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘rtacha yoshini pasaytirish.

Davlat budjeti mablag‘lari

2020-yil
1-sentabr

2020-yil
1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

9.

Pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish

Universitet tarkibida respublikada uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan sharqshunos kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarini yo‘lga qo‘yish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

turdosh oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar bilan o‘zaro dars kuzatish (peer review) tajribasini keng yo‘lga qo‘yish;

sharq tillari o‘qitiladigan ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;

sharq tillari o‘qitiladigan ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun tashkil qilingan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish;

tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tinglovchilar kontingentini shakllantirish uchun o‘rnatilgan tartibda Universitetga buyurtma taqdim etish.

Davlat budjeti mablag‘lari, manfaatdor vazirlik
va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, Universitet mablag‘lari

2021-yil
1-yanvardan

2020-yil
1-sentabrdan

2020-yil
1-sentabr

2020-yil
1-sentabr

Har yili
15-noyabrga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik
va idoralar

10.

O‘quv yili natijalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash

Universitet professor-o‘qituvchilarining har o‘quv yili yakuni bo‘yicha faoliyatini talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma va amalga oshirilgan ishlarni kompleks tahlil qilish asosida baholash.

Har o‘quv yili yakunida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

1.4. Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

11.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish

Ichki telekommunikatsiya infratuzilmasini, jumladan optik tolali tarmoqlar, kommutatorlar, tarmoqni boshqarish va axborot xavfsizligi tizimlarini to‘liq yangilash.

Internet tezligini 300 Mb/sek. gacha oshirish.

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

12.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash

O‘quv auditoriyalarining umumiy sonidan kelib chiqib, talab darajasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash.

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

13.

O‘quv va boshqaruv jarayonini nazorat qilishda axborot tizimlarini joriy etish

Ta’lim va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha texnik topshiriq ishlab chiqish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan oliy ta’lim muassasalari ta’lim, ilmiy va ma’muriy faoliyati jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan “Elektron universitet” axborot tizimiga ulanish.

Talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli usullarini (antiplagiat va test sinovlari dasturiy ta’minotlari) joriy etish.

Universitetning fakultet va kafedralari hamda professor-o‘qituvchilarining ichki reytingini aniqlovchi elektron tizimni joriy etish.

Universitet mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Universitet mablag‘lari

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-avgust

2020-yil
1-sentabr

2020-yil
1-sentabr

2020-yil
1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

14.

Masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish orqali tinglovchilar va pedagogik kadrlarning mustaqil ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

Xalqaro standartlarga asoslangan Yagona integrallashgan masofaviy o‘qitish apparat-dasturiy ko?pleksini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Kompleks quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

masofaviy o‘qitish xizmatlari portali (veb ilova);

onlayn o‘quv smart auditoriyalari;

nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni masofaviy o‘tkazish uchun virtual kabinet;

Universitet yetakchi professor-o‘qituvchilari ma’ruzalarining audiovizual ta’lim kontentini hamda multimedia ta’lim mahsulotlarini (audiokitoblar, 3D, VR va boshqalar) ishlab chiquvchi maxsus studiyalar va multimedia markazi;

vebinarlar tashkil qilish va o‘tkazish.

2020-yildan boshlab Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan ma’ruza mashg‘ulotlarining markazlashgan video-katalogini servyerlarda shakllantirish va foydalanish uchun ochiq onlayn translatsiya qilishga mo‘ljallangan elektron platforma ishlab chiqish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Universitet mablag‘lari,

Innovatsion rivojlanish
va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi

2020-yil
1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

15.

Axborot-resurs markazi infratuzilmasini rivojlantirish

Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar uchun badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Universitetning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini rivojlantirish.

Axborot-resurs markazida adabiyotlarning ochiq fondini tashkil qilish uchun kutubxonaga moslashtirilgan maxsus xonalar va innovatsion kutubxona joriy qilish.

RFID texnologiyasi asosida kutubxona fondini ro‘yxatga olish, hisobga qo‘yish, tarqatish va himoyalash tizimini takomillashtirish.

Kitoblarni hisobga qo‘yish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilgan elektron kiosklarni joriy etish.

Kitoblarni tezkor raqamlashtirish texnologiyasini ko‘paytirish.

Xorijiy kutubxona resurslaridan erkin foydalanish sharoitlarini yaratish.

Elektron va qog‘oz shaklidagi xalqaro ilmiy va o‘quv nashriyotlarga obuna bo‘lishni tashkil qilish.

Xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda Axborot-resurs markazini yangi xorijiy adabiyotlar bilan boyitish.

Universitet mablag‘lari

Universitet
va homiy tashkilotlar mablag‘lari

2020-yil
1-sentabr

2020-yil
1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

1.5. Tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish, talabalarda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun sharoitlar yaratish

16.

Talaba-yoshlarni umumbashariy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash

“Kitobxonlar” oyligi, “Sharq durdonalari” festivali, “Yosh targ‘ibotchilar” tanlovi, “Internet madaniyati va axborot xavfsizligi” targ‘iboti, “Yosh sharqshunos dasturchilar” klubi, “Mass media” kompyuter bilimdoni, Talabalar teatr studiyasi hamda “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi kabi tadbirlarni tashkil etish
va faollarni munosib taqdirlash.Talaba-yoshlarda estetik did va kasbiy etikani tarbiyalash maqsadida turli tanlovlar, ko‘rgazmalar, davriy tematik tadbirlarni tashkil etish, yurtimizdagi ochiq osmon ostidagi muzeylarga va teatrlarga tashriflarni uyushtirish, respublikamizning taniqli ziyolilari, davlat arboblari, san’at va sportda shuhrat qozongan shaxslar va urush faxriylari bilan davra suhbatlari, uchrashuvlarni reja asosida o‘tkazish.Universitet talaba-yoshlari uchun “Eng yaxshi kitobxon” stipendiyasini joriy etish.

Universitet mablag‘lari

Har yili
1-iyunga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sagdullayev),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov)

17.

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng joriy etish

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng targ‘ib etish maqsadida Markaz tashkil etish.

Ushbu Markazda quyidagilarni amalga oshirish:

1-tashabbus bo‘yicha:

Universitet talaba-yoshlarini tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek, sharq va g‘arb adabiyotiga, milliy san’atning turli yo‘nalishlariga keng jalb etish, universitetda rassomlik, musiqa, xorijiy til va adabiyot to‘garaklarini tashkil qilish, “Quvnoqlar va zukkolar” klubi, “Talabalar teatr studiyalari” jamoalari faoliyatlarini yanada takomillashtirish, ularning faoliyati uchun to‘garaklar o‘tkaziladigan xonalarni jihozlash va inventarlar bilan ta’minlash.

2-tashabbus bo‘yicha:

Universitet talaba-yoshlarini jismonan chiniqtirish, ularni sog‘lom shaxs sifatida kamol toptirish, barcha talabalarning qiziqishlarini inobatga olgan holda, to‘liq sport inventarlari bilan ta’minlangan sport to‘garaklariga biriktirish. Talabalar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, sportning futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, yengil atletika va stol tennisi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish hamda respublika miqyosida talaba-yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan musobaqalarga tayyorgarlik ishlarini olib borish.

3-tashabbus bo‘yicha:

Universitet talaba-yoshlarida axborot tahlili madaniyatini shakllantirish. Universitetda qo‘shimcha Wi-Fi zonalarini tashkil etish hamda talabalar turar joylarini Internet jahon axborot tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olish.

Kompyuter texnologiyalari bo‘yicha talabalar o‘rtasida turli tanlovlar tashkil etish (“Blogyerlar”, “Yosh ixtirochilar”, “Klipmeykyerlar”).

4-tashabbus bo‘yicha:

Universitet talaba-yoshlarida ona-Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini badiiy adabiyotlar orqali qaror toptirish va axborot-resurs markazi kitob fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, tadbirkorlarni jalb etgan holda fakultetlarda “Book-safe”lar tashkil etish, shuningdek, “Eng faol kitobxon guruhi”, “Eng yaxshi insho” tanlovlarini o‘tkazish hamda “Qadrdon mahallamga va maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyalarini tashkil qilish.

5-tashabbus bo‘yicha:

Yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni amaliy kasb egasi sifatida tarbiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, talabalarning doimiy yashash hududidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini o‘rganish va ushbu bo‘sh ish o‘rinlariga bitiruvchi talabalarni jalb etib, bandligini ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yish, talaba qizlarni darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarida psixologlar ishtirokida “Kasb sirlari” mavzusida treninglar, davra suhbatlari, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, kasb-hunarga o‘rgatib borish bo‘yicha Universitet va talabalar turar joyi hududlarida tikuvchilik to‘garagi faoliyatini tashkil etish.

Universitet mablag‘lari

Universitet mablag‘lari

Universitet mablag‘lari

Universitet mablag‘lari

Universitet mablag‘lari

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-iyul

2020-yil
1-avgust

2020-yil
1-avgust

2020-yil
1-sentabr

2020-yil
1-avgust

2020-yil
1-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sagdullayev),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),

Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov)

II. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, fan va ta’lim integratsiyasini rivojlantirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish

18.

Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish

Ilmiy salohiyatni ko‘tarish uchun oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash (PhD, DSc) salmog‘ini oshirish.

Ilmiy maktablar faoliyatini takomillashtirish, ilmiy darajaga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarni professorlar va dotsentlarga biriktirish.

Universitet huzuridagi filologiya, tarix va siyosiy fanlar bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar va ilmiy seminarlar faoliyatining samaradorligini oshirish.

2020  2023-yillarda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

19.

Ustuvor ilmiy yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish

Fan va texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq tarzda kafedralar ilmiy yo‘nalishlarini kengaytirish.

Universitetda sharqshunoslik sohalari bo‘yicha bajariladigan doktorlik (PhD va DSc) va magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari bazasini jahon ilm-fani taraqqiyotidagi yangi tendensiyalar va talablarga muvofiq shakllantirish.

2020-yil
1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

20.

Xo‘jalik shartnomalari hisobiga budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish samaradorligini oshirish

Ilmiy-pedagogik kadrlar faoliyatini hamkor tashkilotlarning talab va ehtiyojlariga javob beradigan loyihalar yaratishga yo‘naltirish.

Universitet ilmiy ishlanmalarini innovatsion g‘oyalar yarmarkalarida taqdim etish, loyihalar natijalari asosida ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilish.

Startap loyihalarini ishlab chiqish, talabalar bilan Savdo-sanoat palatasi mas’ullarining hamkorligini tashkil etish, seminarlar o‘tkazish va loyihalar taqdimotlarini uyushtirish.

Universitet mablag‘lari

Har yili
1-aprelga qadar

Har yili
1-aprelga qadar

Har yili
1-aprelga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

21.

Fundamental, amaliy
va innovatsion loyihalarni bajarish

Yoshlarning fundamental, amaliy va innovatsion loyihalardagi ishtirokini kengaytirish, ularni ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yangi loyihalar yaratishga o‘rgatish uchun treninglar tashkil qilish.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni Universitet faoliyatiga tatbiq etish.

Ilmiy-tadqiqot ishlari na�ijalarini tijoratlashtirishdan moliyaviy tushumlar ko‘rsatkichi bir o‘qituvchiga to‘g‘ri kelishi hajmini oshirib borish.

Universitet mablag‘lari

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-iyul

2020-yil
1-sentabr

2020  2023-yillarda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sagdullayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

22.

Yoshlarni ilmiy ishlarga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni kadrlar bilan ta’minlash tizimini shakllantirish va amalga oshirish

Talabalarni ilmiy faoliyatga qiziqtirish va tizimli rag‘batlantirish uchun fakultetlarda Talabalar ilmiy jamiyatlarini tashkil etish.

Dissertatsiya ishlarini o‘z vaqtida himoya qilish uchun sharoit yaratish.

Tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va ilmiy izlanishlarining aprobatsiyalarini kengaytirish maqsadida kafedralar va fakultetlarda ilmiy-nazariy seminarlar faoliyatini kuchaytirish, “Yosh olimlar kengashi” faoliyatida magistrantlar ishtirokini kengaytirish.

Yosh tadqiqotchilarning ustuvor yo‘nalishlar doirasida yangi loyihalar yaratishga o‘rgatish yuzasidan treninglar tashkil qilish.

2020-yil
1-iyun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlan?sh vazirligi (I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

23.

Universitet ilmiy nashrlarining xalqaro tanilishi, nufuzi va raqobatbardoshligini oshirish

Universitet ilmiy jurnallari tahrir hay’atlaridagi xorijlik mutaxassislarning sonini oshirish.

Pedagog kadrlar va tadqiqotchilarning xalqaro nufuzli konferensiyalarda ishtirokini ko‘paytirish va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda nashrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Tashqi ishlar vazirligi (I. Ne’matov)

24.

Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash orqali pedagoglarning kasbiy malakalarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish

Universitetning hamkor tashkilotlarida sohalar bo‘yicha talabalar, magistrantlar, pedagog kadrlarning stajirovkasini amalga oshirish.

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-noyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmuradov),

hamkor tashkilotlar

III. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Universitetning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini ta’minlash

25.

Sharqshunoslik bo‘yicha yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish

Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarini yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ikki tomonlama almashuv dasturlari asosida malaka oshirish va stajirovka o‘tashini tashkil etish.

Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarini nufuzli xalqaro ta’lim, ilmiy-amaliy ko‘rgazmalar, yarmarkalar hamda xorij�y oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan forumlar, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirokini ta’minlash.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlarda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarning ishtirokini tashkil etish.

Xalqaro ilmiy loyihalarni tayyorlash, muammolarni shakllantirish va zarur hujjatlarni taqdim etish malakasini shakllantirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish.

Sharqshunoslik sohasi bo‘yicha ilmiy-amaliy, innovatsion markazlar tashkil etish, xorijiy grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda o‘quv adabiyotlar yaratish, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish.

Xalqaro grantlar, Universitet mablag‘lari

2020  2023-yillarda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Tashqi ishlar vazirligi (I. Ne’matov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)

26.

Professor-o‘qituvchilarni stajirovka o‘tash va malaka oshirish, xodimlarni magistratura va doktorantura (PhD)da o‘qish uchun xorijga yuborilishini tashkil etish

Universitet rahbarlari, kafedra mudirlari, bo‘limlar boshliqlari hamda pedagog kadrlarning yo‘nalishlar kesimida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishini tizimli tashkil etish.

Universitetning yosh mutaxassislarini yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalariga belgilangan tartibda tanlov asosida doktorantura va magistraturada o‘qishga yuborish.

Hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan imzolangan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish hamda keng miqyosda axborot va mutaxassislar almashinuvi bo‘yicha yangi shartnomalar imzolash.

Xalqaro grantlar, Universitet mablag‘lari

2020 — 2023-yillarda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmuradov)

27.

Xorijiy yuqori tajribali olim, pedagog va mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb etish

Etakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini Universitetda uzoq va qisqa muddat dars berishga taklif etish.

Jalb etiladigan xorijiy professor-o‘qituvchilar va olimlar uchun ijtimoiy-maishiy va moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish.

Hamkor tashkilotlar grantlari, Universitet mablag‘lari

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-sentabr

2020-yil
1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

IV. Universitet moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

28.

Universitetni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash

O‘quv auditoriyalarining umumiy sonidan kelib chiqib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari (800 ta kompyuter, 4 ta server, 25 ta interaktiv sensorli panel, 50 ta proyektor va 130 ta smart televizor, 4 ta infokiosklar, 36 ta SAS HARD, 140 ta videokuzatuv
IP kameralari) bilan jihozlash.“Smart o‘quv xona”larni tashkil etish va “E-MINBAR” tizimini joriy qilish.Universitetni radio texnikalar (3 ta o‘quv binosi va 1 ta talabalar turar joyi uchun 130 ta kolonka, 4 ta boshqaruv pulti komplekt holda) bilan jihozlash.

Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro grantlar, Universitet mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Xalqaro grantlar, Universitet mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Universitet mablag‘lari, homiylik xayriyalari

2021-yil
1-yanvar

2020-yil
1-sentabr

2020-yil
1-sentabr

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-son qaroriga
2-ILOVA
2023-yilgacha Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini rivojlantirishning maqsadli
KO‘RSATKICHLARI (INDIKATORLARI)

T/r

Ko‘rsatkich (indikator) nomi

O‘lchov birligi

Amaldagi ko‘rsatkich

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2023-y.

I. Sharqshunoslik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorla� tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish

1.

Xorijiy hamkor universitetlar bilan onlayn darslar tashkil qilish.

onlayn darslar soni

5

10

15

20

25

2.

Etakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash.

qo‘shma ta’lim dasturlari soni

3

4

5

6

7

3.

Talabalarning amaliyotlarini hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazish.

talabalar
soni

35

40

50

60

70

4.

IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega bo‘lgan talabalar sonini oshirish.

talabalar
soni

290

350

400

450

500

5.

Mutaxassislik fanlari bo‘yicha xorijiy tillarda o‘qitiladigan fanlar sonini oshirish.

fanlar
soni

40

50

60

70

80

6.

Hamkor tashkilotlarda kafedralar filiallarini tashkil etish.

kafedralar filiallari soni

5

14

17

20

23

7.

Universitet huzuridagi akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi.

foizda (bitiruvchi talabalar soniga nisbatan)

59

62

64

67

70

II. Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish

8.

Universitetning ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ulushi).

foizda (professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan)

43

44

45

50

55

9.

Oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash (PhD, DSc).

ilmiy pedagogik kadrlar soni

16

20

30

35

40

10.

Ilmiy faoliyatga oid dasturlar doirasida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish.

ilmiy dasturlar doirasida jalb qilingan mablag‘lar (so‘mda)

849 mln

1,5 mlrd

2 mlrd

2,5 mlrd

3 mlrd

11.

Xo‘jalik shartnomalari hisobiga budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish samaradorligini oshirish.

xo‘jalik shartnomalari soni

5

7

10

15

20

12.

Universitet huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlarida maqsadli ilmiy loyihalar va xorijiy grantlar asosidagi tadqiqotlar.

tadqiqotlar soni

1

2

3

4

5

13.

Professor-o‘qituvchilarning xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, “Web of Science”, “Scopus” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalari.

indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar soni

82

90

100

110

120

14.

Monografiyalarni nashr etish.

monografiyalar soni

45

45

45

50

50

15.

Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish.

maqolalar soni

183

300

330

350

400

16.

Ilmiy konferensiyalarni o‘tkazish.

konferensiyalar soni

11

13

13

14

15

III. Universitet pedagog kadrlarining bilim va malaka, kasbiy tayyorgarlik darajasini hozirgi kun
talablari asosida oshirish

17.

Pedagog kadrlarning belgilangan muddatlarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tishlarini tashkillashtirish.

pedagog kadrlar soni

23

33

35

37

40

18.

Turdosh ta’lim muassasalari o‘rtasida sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida onlayn video ma’ruzalar tashkil etish.

video ma’ruzalar
soni

4

10

15

20

25

19.

Sharqshunos kadrlar hamda kafedralar mudirlarini hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalariga imzolangan shartnomalar asosida malaka oshirishga yuborish.

sharqshunos kadrlar
soni

14

17

20

25

30

20.

IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar sonini oshirish.

professor-o‘qituvchilar soni

54

70

90

105

120

IV. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Universitetning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini ta’minlash

21.

Universitetda tahsil oladigan xorijiy talabalar salmog‘ini oshirish.

xorijiy talabalar soni

35

45

55

75

100

22.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchilarini ta’lim jarayoniga jalb etish.

xorijiy professor-o‘qituvchilar soni

25

30

40

50

60

23.

Yosh olim va pedagoglarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida “El-yurt umidi” fondi va to‘g‘ridan to‘g‘ri Universitetning xorijiy hamkorlik shartnomalari orqali stajirov�aga yuborish va malakasini oshirish.

stajirovka
va malaka oshirishga yuboriladigan yosh olim
va pedagoglar soni

2

17

20

25

30

24.

Xalqaro almashinuv dasturlari, yozgi maktab, xalqaro simpozium va konferensiyalarda ishtirok etadigan professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini oshirish.

jalb etiladigan professor-o‘qituvchilar soni

25

40

45

50

55

V.Universitetning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

25.

Auditoriyalarni videokuzatuv kameralari bilan jihozlash.

foizda
(umumiy auditoriya fondiga nisbatan)

50

60

75

100

100

26.

Auditoriyalarni zamonaviy multimedia vositalari bilan jihozlash.

foizda
(umumiy auditoriya fondiga nisbatan)

50

60

75

100

100

27.

O‘quv va boshqaruv binolarini yuqori tezlikdagi simsiz Internet (Wi-Fi) tarmog‘i bilan ta’minlash.

foizda
(o‘quv va boshqaruv binolari umumiy maydoniga nisbatan)

65

75

85

100

100

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 07/20/4680/0459-son)

22.06.2020, 11:40 1816

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: