• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti

90757371_3060676423990333_5061111250251939840_o Shabanov Jumali Kazimovich
Ilmiy darajasi va unvoni:  Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +998 71 236 15 54
E-mail:

 Fakultet tarixi

Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida sharqshunoslikning o‘zak yo‘nalishlaridan biri filologiya sohasi uzoq yillardan beri o‘qitib kelinadi. Bu yerda soha bo‘yicha noyob tajriba maktabi hamda uzoq yillik sharq tillari va adabiyotini o‘qitish an’anasi shakllangan.

Fakultet tarixi mobaynida Sharq va G‘arb mamlakatlari tillarini mukammal o‘zlashtirgan, Sharq mamlakatlari adabiyoti, madaniyati haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lgan, zamon talablariga javob bera oladigan malakali sharqshunos mutaxassislarni tayyorlash, sharq filologiyasining turli qirralarini o‘rganish bo‘yicha fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish izchil yo‘lga tushdi. Fakultet tashkil topgandan boshlab hozirga qadar fakultet bitiruvchilaridan 70 dan oshiq fan doktori, 350ga yaqin fan nomzodi yetishib chiqdi.

Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetining bitiruvchilari orasidan A.Rustamov, U.Karimov, A.Qayumov kabi akademiklar, I.Abdullaev, Sh.Shomuhammedov, A.Qayumov, A.Hayitmetov, U.Karimov xizmat ko‘rsatgan fan arboblari, I.Abdullayev, S.G‘aniyeva, A.Hayitmetov, P.Qodirov singari davlat mukofoti sohiblari, Q.Mahmudov, Sh.Shomuhamedov, E.Rustamov kabi xalqaro mukofot sohiblari, S.Mirqosimov, F.Teshaboyev, A.Shayxov, S.Inog‘omov, I.Ergashev, A.Usmonov kabi favqulodda va muxtor elchilar yetishib chiqqan.

Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida 6 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Bular:

O‘quv ishlari

  • Fakultetda kunduzgi ta’lim shaklida saboq olayotgan 892 nafar talaba, kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan 115 nafar talaba va 90 nafar magistrlarga o‘z sohasining yetuk bilimdoni bo‘lgan 125 dan oshiq professor-o‘qituvchi dars berib kelmoqda. Ularning 19 nafari fan doktori (DSc) – professorlar, 27 nafar fan nomzodi (PhD) – dotsent ilmiy darajasiga ega tajribali ustozlardir. 1 nafar misrlik, 1 nafar indoneziyalik, 2 nafar turkiyalik, 1 nafar eronlik, 1 nafar xitoylik professor-o‘qituvchi bor.
  • Fakultetda bakalavr yo‘nalishlarida va magistratura mutaxassisliklarida 13 ta sharq tillari (arab, fors, pashtu, dariy, turk, uyg‘ur, hind, urdu, malay, indonez, yapon, xitoy, koreys), 3 ta Yevropa tillari (ingliz, fransuz, nemis), shuningdek, gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va umumkasbiy fanlardan dars berilmoqda. Bitiruvchilarimiz kamida “B2 – tilni mustahkam egallash va erkin muloqot qila olish” bosqichigacha bo‘lgan ko‘nikmalarni to‘liq egallaydi.

Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha)
  • 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillari bo‘yicha)
  • 5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (sharq tillari bo‘yicha)
  • 5611500 – Gid hamrohlik va tarjimonlik (sharq tillari bo‘yicha)
  • 5220100 – Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • 5120700 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik

Kechki ta’lim shakli:

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha)
  • 5611500 – Gid hamrohlik va tarjimonlik (sharq tillari bo‘yicha)
  • 5220100 – Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha)

Magistratura mutaxassisliklari:

  • 5A120101 – Adabiyotshunoslik (sharq tillari va tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha)
  • 5A120102 – Lingvistika (sharq tillari bo‘yicha)
  • 5A120103 – Mumtoz filologiya (turlari bo‘yicha)
  • 5A120104 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
  • 5A120201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (sharq tillari bo‘yicha)
  • 5A120202 – Sinxron tarjima (sharq tillari bo‘yicha)

Ilmiy ishlar

Fakultetning ilmiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarni qamraydi:

  • Hozirgi zamon Sharq adabiy tilllari: til tizimidagi o‘zgachaliklar va uning lingvistik tadqiqi.
  • Hozirgi zamon Sharq tillarni qiyosiy jihatdan o‘rganish.
  • Sharq tillarida bitilgan yozma yodgorliklar tili; yozuv yodgorliklarini lingvistik jihatdan tekshirish.
  • Sharq tillari tarixi: yozma tilning yuzaga kelishi va taraqqiyoti masalalari.
  • Manbashunoslik va matnshunoslik: ilk matnning tekstologik, paleografik va mazmuniy tahlili; ilmiy, ilmiy-tanqidiy matn tuzish prinsiplari.
  • Sharq tillari tarixida matn tuzish an’anasining shakllanishi va tarixiy takomili.
  • Adabiy til uslublarining yuzaga kelishi, uning yuksalishi masalalari.
  • Leksikografiya, Sharq tillarida atamashunoslik tarixi, uning ilmiy asoslarini o‘rganish, atamashunoslik tarixidagi an’analarni tekshirish va uning yaxlit bir tizimini ishlab chiqish.
  • Sharq xalqlari adabiyoti; badiiy matnning adabiyotshunoslik uchun muhim bo‘lgan xususiyatlarini ilmiy tadqiq etish.
  • O‘zbek va Sharq xalqlari adabiy aloqalarining muhim qirralarini o‘rganish.
  • O‘zbek va Sharq tillaridagi badiiy matnni bir tildan ikkinchisiga o‘girish va tarjimashunoslikning muhim masalalari.
  • Umumiy tilshunoslikning nazariy masalalari va qiyosiy tipologiya.

E’tiborlisi, fakultet professor-o‘qituvchilarining ko‘pi yoshlar. Ularni ilmga tortish, ilmiy rahbarlik qilish jamoada yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Fakultetda yolg‘iz dars berish bilan cheklangan o‘qituvchi yo‘q. Keksa bo‘lsin, yosh bo‘lsin, o‘z pedagogik faoliyati bilan yonma-yon ilmiy ish ham olib boradi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

  • Fakultetda o‘zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan ijodkorlar, davlat arboblari, sarkardalarning tavallud kuni munosabati bilan bayram tantanalari uyushtiriladi. Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sanalar munosabati bilan ham tadbirlar amalga oshiriladi. Fakul’tet talabalari universitet, tuman, shahar, respublika, xalqaro miqyosdagi yoki oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik tanlovlarda faol qatnashib munosib o‘rinlarni egallab kelmoqda. Har yili universitet miqyosida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha “Rektor kubogi”, “Dekan kubogi” musobaqalarida o‘qituvchilar va talabalarimiz fakul’tet terma jamoalari tarkibida qatnashib yaxshi natijalar ko‘rsatishmoqda
  • Fakultetda 5 tashabbus bo‘yicha amalga oshirilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifat tadbirlarining qamrovi hamda samaradorligini ko‘tarish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Unga muvofiq ravishda talabalarning siyosiy va huquqiy savodxonliklarini yanada oshirish, shu bilan birga, mamlakatimizda yuz berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni yoshlar ongiga singdirish maqsadida talaba-yoshlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari, respublika davlat arboblarining intervyulari hamda xorijiy mamlakatlarda ro‘y berayotgan turli voqea-hodisalar haqida to‘laqonli ma’lumotlar dekanat hamda kafedralar hamkorligida tashkil etilgan “Axborot va murabbiylik soatlari”da muntazam yoritib boriladi
  • Fakultetda o‘zbek xalqi orasida mashhur shoirlar, adiblar, ijodkorlar, davlat arboblari, san’atkorlar, sportchilar bilan davra suhbatlari doimiy tashkil qilinadi. Talabalarning tarixiy qadamjolar, obidalar, shaharlarga, turli muzey va teatrlarga, harbiy qismlar, mehribonlik uylari, sahovat uylariga tashriflari amalga oshirilmoqda

Fakultetining hamkor tashkilot va muassasalari:

  1. O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
  2. O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi
  3. O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi
  4. O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
  5. O‘zR FA Tarix instituti
  6. Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasining Toshkentdagi vakolatxonasi
  7. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
  8. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Kutubxonasi
  9. Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  10. TDShU qoshidagi Yunusobod akademik litseyi
  11. Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurti
  12. “Sharq yulduzi” jurnali
  13. “Jahon adabiyoti” jurnali
  14. Muhammad Yusuf fondiga qarashli “Oltin qalam” gazetasi
  15. Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 22- maktab
  16. Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 119- maktab
  17. B.Shastri nomidagi hindiy tiliga ixtisoslashtirilgan 24-o‘rta maktab
  18. “Travel Asia”kompaniyasi
  19. “International school”
  20. MAR Qohira universiteti qoshidagi “Arab tilini o‘qitish” markazi
  21. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
  22. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
  23. Xalqaro Imom Buxoriy jamg‘armasi
  24. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
  25. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
  26. AKELA GROUP MAChINERY
  27. O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti sharq tillari kafedrasi
  28. Namagan viloyati To‘raqurg‘on tumani xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Ibrat nomidagi maktab-internat
  29. Samarqand Chet tillar instituti
  30. O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi
  31. O‘zbekiston-Pokiston do‘stlik jamiyati
  32. O‘zbekiston-Afg‘oniston do‘stlik jamiyati

Fakultetning xalqaro hamkorlik tashkilot va muassasalari:

  1. Qozon federal universiteti (Rossiya)
  2. Al-Azhar universiteti (Misr)
  3. Qohira universiteti (Misr)
  4. Tehron universiteti (Eron)
  5. Alloma Tabotaboi universiteti (Eron)
  6. Mashhad universiteti (Eron)
  7. Shinjon pedagogika universiteti (Xitoy)
  8. Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya)
  9. Malayziya pedagogika universiteti (Malayziya)
  10. Indoneziya universiteti (Indoneziya)
  11. Gunadarma universiteti (Indoneziya)
  12. Islam Malang universiteti (Indoneziya)
  13. Dehli universiteti (Hindiston)
  14. Gujarat universiteti (Hindiston)
  15. Jamiya Milliya Islamiya universiteti (Hindiston)
  16. Istanbul universiteti (Turkiya)
  17. Anqara universiteti (Turkiya)
  18. Anqara Gazi universiteti (Turkiya)
  19. Anqara Hoji Bayram Vali universiteti (Turkiya)
  20. Marmara universiteti (Turkiya)
  21. Karabuk universiteti (Turkiya)
  22. Hajettepe universiteti (Turkiya)

46545

24.06.2020, 15:30 9301

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: