• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Frensis Bekon (hayoti)

Francis Bacon

William Larkin Francis Bacon.jpg

Francis Bacon (talaffuzi: Frensis Bekon; 22-yanvar 1561, London — 9-aprel 1626, oʻsha yerda) — ingliz faylasufi, tabiatshunosi, mantiqshunosi, siyosiy arbob va tarixchi. Kembrij universitetini tugatgan (1575), Sudya, vazir, lordkansler boʻlib ishlagan.

Falsafaga oid 2 ta — „Yangi organon“ (1620), „Yangi Atlantida“ (1627) asari bor. Birinchi kitobida Aristotel „Organon“idagi deduktiv uslubning hayotdan ajralganligini tanqid qilib, induktiv uslubga asos soladi. Fan tajribaga asoslanishi kerakligi haqidagi gʻoyani olgʻa surib, i.t. ning kuzatish, eksperiment, tajriba uslublarini ishlab chikadi. Bacon bevosita tajribaga asoslangan bilimlar ishonarli boʻlishini koʻrsatdi.

Baconning fikricha, bilimning vazifasi tabiatdan inson manfaati yoʻlida foydalanish, yaʼni uning ustidan hukmronlik qilish, inson hayotini takomillashtirish, aqlni yanglishish („idol“ yoki „alomat“)lardan tozalash lozim. Bilishda tajriba ikki xil boʻladi: 1) sinalgan tajriba boʻlib, u insonga bevosita fonda keltiradi; 2) yoʻl koʻrsatuvchi tajriba boʻlib, uning yordamida narsalarning qonuniyati va xossalari oʻrganiladi.

Bacon fanning aql bilan bogʻliqdigini koʻrsatdi. Baconning „Yangi Atlantida“ asarida uning jamiyat haqidagi fiqolari aks etgan. Bacon jamiyatni fan va ishlab chiqarish asosida qayta tashkil etish gʻoyasini olgʻa surdi. Davlatni boshqarishda mutlaq monarxiya tarafdori boʻlgan. Bacon ingliz materializmining va Yangi davr tajribaviy fanining asoschisi sifatida tan olingan boʻlsada, xudoning mavjudligini inkor etmagan.

26.10.2022, 13:02 859

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: