• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreys filologiyasi kafedrasi

SAYDAZIMOVA UMIDA TURAHANOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari doktori, dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (08:30-18:00)
Tel.: (+99871)236-16-91
E-mail: uzkorean2018@mail.ru

Kafedra  tarixi

1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshida koreys filologiyasi kafedrasi tashkil etildi. Dastlab, u yapon filologiyasi kafedrasi tarkibiga kiritilgan. 1992-yildan boshlab alohida kafedra sifatida faoliyat britib kelmoqda. 1991-yildan 2004-yilga fadar kafedrani Kim Mun Uk boshqargan. 2004-yildan 2015-yilga fadar kafedrani f.f.d., dots. Kim Viktoriya Nikiforovna boshqardi.

Bugungi kunda koreys filologiyasi kafedrasi keng ko‘lamdagi mutaxassislar bo‘yicha filolog-koreyashunoslarni tayyorlovchi markaz hisoblanadi. O‘zbekistondagi koreysshunoslikni rivojlantirishning dastlabki bosqichida milliy kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj juda katta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu masala o‘zining to‘liq yechimini topdi. Ularning asosiy qismini Toshkent davlat shaqshunoslik institutining dastlabki filologik bilimga ega bo‘lgan bitiruvchilari, Koreya Respublikasidan maxsus ma’ruzalar o‘qish uchun taklif qilingan «KOICA» tashkiloti volontyorlari hamda «Korea Foundation» fondi tomonidan taklif qilingan professor-o‘qituvchilari tashkil etadi.
Ta’lim olish ikki – bakalavriat va magustratura bosqichlarida olib boriladi. Kafedra bakalavriat bosqichida “Filologiya va tillarni o‘qitish” (sharq tillari) bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi. Magistratura bosqichida “Lingvistika” (koreys tili) va “Adabiyotshunoslik” (koreys adabiyoti) mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Shu bilan birga kafedra o‘qituvchilari xorijiy mamlakatlar tarixi, Sharq falsafasi, Uzoq Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik kafedralarida ham ma’ruza va amaliy soatlarni olib borishadi.
Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
5120100- Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha)
Kafedra magistratura mutaxassisligi
5A 120102 – Lingvistika (koreys tili)
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat yo‘nalishi:
1.    Asosiy sharq tili (1 kurs)
2.    Mutaxassislikka kirish (1 kurs)
3.    Tanlov fan:Koreys tili ieroglifikasi (1 kurs)
4.    Asosiy o‘rganilayotgan tili (2 kurs)
5.    Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti (2 kurs)
6.    Asosiy o‘rganilayotgan til filologiyasiga kirish (2 kurs)
7.    Asosiy o‘rganilayotgan til leksikologiyasi (2 kurs)
8.    Qo‘shimcha sharq tili (2 kurs)
9.    Asosiy o‘rganilayotgan tili (3 kurs)
10.    Tili o‘rganilayotan mamlakat adabiyoti (3 kurs)
11.    Til o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari (3 kurs)
12.    Tanlov fan: Koreys tili ieroglifikasi ( 3 kurs)
13.    Asosiy o‘rganilayotgan til (4 kurs)
14.    Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti (4 kurs)
15.    Qo‘shimcha sharq tili (4 kurs)
16.    Asosiy sharq tilining nazariy grammatikasi (4 kurs)
17.    Tarjima amalayoti (4 kurs)
18.    Koreys tilining lingvomadaniy aspektlari (4 kurs)
19.    Koreys adabiyotida dramaturgiya (4 kurs)
20.    Koreys adabiyotida yangi maktab va yo‘nalishlar (4 kurs)
Magistratura mutaxassisligida:
1.    Mutaxassislikning nazariy masalalari (1 kurs)
2.    Asosiy chet tilidagi maxsus adabiyot tahlili (1 kurs)
3.    Asosiy chet tilidagi maxsus adabiyot tahlili (2 kurs)
4.    O‘rganilayotgan mamlakatda til vaziyati (2 kurs)
5.    O‘rganilayotgan til tarixi (1 kurs)
6.    Koreys tilining funksional uslublari (1 kurs)
7.    Frazeologizmlarning milliy-semantik xususiyatlari (1 kurs)
8.    Sinxron tarjima nazariyasi va amaliyoti (2 kurs)

Kafedraning hamkor tashkilotlari:
1.    Toshkent davlat iqtisodiyot va diplomatiya universiteti
2.    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
3.    Samarqand davlat chet tillar instituti
4.    TDShI qoshidagi Yunusobod akademik litseyi
5.    TDShI qoshidagi Olmazor akademik litseyi
6.    Shayhontohur tumaniga qarashli 59-son ixtisoslashtirilgan maktab
7.    Sejong instituti
8.    Koreya Respublikasining Toshkentdagi koreys tili o‘quv markazi
Kafedraning xalqaro hamkorlari:
1.    Koreya Respublikasi Elchixonasi
2.    «KOICA» Xalqaro Agentligi
3.    «Korea Foundation» fondi
4.    «Academy of Korean Studies» Xalqaro fond
Fotolavhalar

Koreya1

Koreya2

Koreya3

k3

k4

koreys-1

07.03.2020, 09:51 7739

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: