• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Magistratura bo’limi

 photo_2020-03-03_11-16-17 SAIDOV SHAVKAT JUMABOYEVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Tarix falari nomzodi, dotsent
Lavozimi: Bo’lim boshlig’i
Qabul kunlari: har kuni (14:00-16:00)
Tel: +99899 890-57-25
E-mail: magistratura@tashgiv.uz

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistratura bo‘limi

        Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Magistratura bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining    2015 yil 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom” talablarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (PQ-3775),  shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ-4680) qarorida, mazkur qarorga ilova qilingan “20202023 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini kompleks rivojlantirish dasturi” va “2023 yilgacha Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari)” hamda vazirlikning 2020 yil 18 apreldagi 265-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 20 aprel qabul qilingan Toshkent davlat universiteti rektorining 275 –sonli buyrug‘ida belgilangan magistratura ta’limiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

      Magistratura ta’lim bosqichiga, milliy va xorijiy oliy ta’lim o‘quv yurtlari kafedralari, ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, jamg‘armalari, muassasalari, shuningdek, mamlakatda va xorijda faoliyat olib boryotgan karxonalar, kampaniyalar(mulkchilik shakli va tegishliligidan qat’iy nazar), xalqaro tashkilotlar, davlat idoralarining talab va ehtiyojlaridan (buyurtmachilar)  kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlarining muvaffaqiyatli yakunlagan, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedogogik va innavatsion salohiyati (kreativ fikrlashi)ni,  boshqaruvchilik-menejer qobiliyatini namoyon qila olgan talabalar o‘qishga qabul qilinadi.

        Magistratura bo‘limi, universitet kafedralari va fakultetlari bilan birgalikda yuqori malakali magistrlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirish, magistrantlarga  taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilishga ko‘maklashish, o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlariini amalga oshirish, oliygohimizda faoliyat olib borayotgan barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, magistrlarni o‘qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlash kabi vazifalarni amalga oshiradi.

      Hozirgi kunda universitetimiz magistratura ta’lim bosqichida 12 mutaxassislik bo‘yicha  283 talaba tahsil olmoqda. Shundan,1-bosqichda 153ta, 2-bosqichda esa 130 talaba ta’lim sirlarini o‘zlashtirish bilan band. Ularning ta’lim olishlariga universitetmizning 30dan ortiq fan doktori, 70dan ortiq fan nomzodi, PhD ilmiy darajasi va dotsent ilmiy unvoniga ega yuqori malakali professor – o‘qituvchilarimiz bilan birgalikda 10 dan ortiq xorijlik  yetuk mutaxssislar xizmat qilmoqdalar.

       2019-2020 o‘quv yilida TDSHU Magistratura bosqichini o‘n bitta mutaxssislik  bo‘yicha  130 ta magistrant bitirishi rejalashtirilgan. Ma’lumki, koronavirus pandemiyasi sharoitida kelib chiqib  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha tadbirlar eng avvalo xalqimizning, qolvayersa kelajagimiz vorislari hisoblanadigan yoshlarimizning avvaylab-asrashga va  ularni sifatli ta’lim olishlarini ta’minlashga qaratilgandir. Ta’lim bosqichining muhim va mas’uliyatli davri, Davlat attestatsiyasi jarayonlarini talab darajasida tashkil qilish va samarali  o‘tkazilishiga doir TDShU rektorining tegishli buyruqlari qabul qilingan. Ushbu yo‘nalishdagi barcha sa’yi-harakatlar, eng avvalo,  o‘quv yilining muvaffaqiyatli yakunlashga xizmat qilmoqda.

       Shunisi quvonarliki, mamlakatimiz va xorijda universitetimizda tayyorlanayotgan sharqshunos-magistrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojning yildan – yilga o‘sib bormoqda.  Shu sababli TDShUiga  2020-2021 o‘quv yilida magistratura bosqichiga 14 mutaxssislik bo‘yicha 170 magistrantni o‘qishga qabul qilish rejalashtirilgan.

Universitetda mavjud magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati

1) 5A120101 – Adabiyotshunoslik ( sharq tillari va tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha);

2) 5A120102 – Lingvistika (sharq tillari bo‘yicha);

3) 5A120103 – Mumtoz filologiya (turlari bo‘yicha);

4) 5A120104 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik;

5) 5A120201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (sharq tillari bo‘yicha);

6) 5A120202 – Sinxron tarjima (sharq tillari bo‘yicha);

7) 5A120302 – Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha);

8) 5A120304 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi bo‘yicha);

9) 5A120701 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat;

10) 5A120801 – Sharq falsafasi va madaniyati;

11) 5A231001 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha);

12) 5A231102 – Tashqi iqtisodiy faoliyat (tashqi savdo faoliyati);

13)5A 610 301-Turizm(faoliyat turlari bo‘yicha);*

14)5A 121 401-Etnografiya, etnologiya va antropologiya;*

*2020-2021 o‘quv yilidan qabul e’lon qilingan yangi mutaxssisliklar

 

photo_2020-06-22_07-22-45 photo_2020-03-06_12-55-07 photo_2020-06-05_10-43-31 photo_2020-06-05_16-08-56 photo_2020-06-06_14-40-28 photo_2020-06-10_10-34-30 photo_2020-06-15_12-28-02 photo_2020-06-06_13-04-39

 

22.06.2020, 09:02 2860

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: