• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O’quv-uslubiy bo’lim

 photo_2019-03-28_12-26-38 Umarova Saodat Mahkamovna
Lavozimi: Bo’lim boshlig’i
Qabul vaqtlari: Har kuni (11:00-13:00)
Tel.: 71 233-02-38
E-mail:  saodathon@mail.ru

O‘quv-uslubiy bo‘lim

 O‘quv-uslubiy bo‘lim – o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.

O‘quv-uslubiy bo‘lim universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.

O‘quv-uslubiy bo‘lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

O‘quv-uslubiy bo‘limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • Universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, institut tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
  • Universitetda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
  • Universitet fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
  • O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
  • Universitet ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va institut Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
  • Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va institut ta’lim jarayoniga tatbiq qilish;
  • Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning zamonaviy tizimlarini tatbiq etilishini ta’minlash;
  • Pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishini ta’minlash;
  • Talabalar davomatini tahlil etish;
  • Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
  • Universitetdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
  • Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
  • Universitetda professor-o‘qituvchilar shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
  • O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
  • Universitet fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
  • Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
  • O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
  • Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
  • Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;

O‘quv-uslubiy boshqarmada boshliq, nazoratchi, statist, dispetcherlar faoliyat olib boradi.

 

23.06.2020, 16:30 2351

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: