• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

OT-F1-67 “Buyuk ipak yo‘li mintaqasi xalqlari folklorining tipologiyasi, milliy o‘ziga xosligi va yozma adabiyot rivojida tutgan o‘rni (Uzoq Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari)”

09.03.2018, 16:43 Ilmiy loyihalar 2412

Loyiha ijrochilari to‘g‘risida ma’lumot

T/r Ijrochining F.I.Sh. Tug‘ilgansanasi Ilmiy darajasi, unvoni
1. Mannonov Abdurahim 22.12.1942 F.f.d. professor
2. Shomusarov Shorustam 17.10.1958 F.f.d., professor
3. Ibraximova Shaxina 06.07.1974 F.f.n.,dotsent
4. Jo‘raev Mamatqul 01.10.1956. F.f.d. professor
5. Ochilov Ozod 9.02.1985

 

Ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalari

Bu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi “2010-2020 yillarga mo‘ljallangan nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 222-son qarori ijrosini ta’minlash, ya’ni o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodini janubiy-sharqiy Osiyo va yaqin Sharq xalqlari folklori bilan qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etib, xalqimiz badiiy tafakkurining o‘ziga xosligi va Sharq xalqlari ma’naviyatining shakllanishiga ko‘rsatgan izchil ta’sirini asoslab berish  maqsadida tayyorlandi. Qiyosiy folklorshunoslik aspektida bajariladigan ushbu loyihaning asosiy maqsadi o‘zbek va Buyuk Ipak yo‘li mintaqasi folklorini qiyosiy-tipologik nuqtai nazardan tadqiq etish orqali qadimiy Buyuk Ipak yo‘li mintaqasida istiqomat qiluvchi xalqlar og‘zaki ijodiyotining o‘zaro aloqalari, arxaik mifologiya va epik an’analar tipologiyasi, “sayyor syujetlar” va an’anaviy motivlar migratsiyasi, yapon, xitoy, arab, avg‘on, hind, koreys, fors-tojik va turk xalqlari folklori janrlar tizimining shakllanishi tarixi va tarixiy taraqqiyotini o‘rganish asosida Sharq xalqlari poetik madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari va jahon xalqlari madaniyati rivojida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berishdan iboratdir. Mazkur tadqiqot ishlari bizga jahon madaniyatining globallashuv jarayonlarida Sharq xalqlari folklor an’analarining o‘rnini aniqlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Grant doirasida olib boriladigan tadqiqotlar natijasida Buyuk Ipak yo‘li mintaqasidagi xalqlar folklorining o‘ziga xos jihatlari va tipologik xususiyatlarini qiyosiy tahlil etishga asoslangan ilmiy maqolalar, monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalari nashr etiladi.

Loyiha 2017-2021 yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan bo‘lib, to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi:

I-bosqichda Buyuk Ipak yo‘li mintaqasi folklorining o‘ziga xos tabiati va o‘rta asr yozma adabiyotiga ta’siri, tipologik xususiyatlari tadqiq etiladi. Janubiy-sharqiy va sharqiy Osiyo hamda yaqin Sharq mintaqasi xalqlari epik tafakkuri tipologiyasi qahramonlik, ishqiy-romanik, tarixiy va kitobiy dostonlar tahlili asosida yoritilib, ilmiy maqolalar nashr ettiriladi.

Loyiha bo‘yicha olingan natijalar

T/r Nashr turi Nashr mavzusi Nashr mualliflari Nashr etilgan vaqti Qaerda nashr etilgan Hajmi
1 Monografiya Буюк ипак йўли халқлари астромифологияси (қиёсий-типологик таҳлил) Жўраев М. 2017 Т.: ТДШИ 12 б.т.
  Monografiyaning bir qismi Араб адабиёти тарихи (Араб халқ оғзаки ижоди)  Шомусаров Ш. 2017 Т.: ТДШИ 1 б.т.
2 Darslik          
3 O‘quv qo‘llanma          
  To‘plam Афғон халқ эртаклари ва ҳикоялари Тўпловчи, сўзбоши ва шарҳлар муаллифи А.Маннонов 2017 Т.:Шарқ.  
4 Ilmiy maqolalar shu jumladan:          
4.1 Xorijiy nashrlarda Türk kahramanlik destanlarinda şaman etkisi ve kore destan geleneğinin anlaşilmasi için bir giriş (Influence of Shamanism in Turkic Heroic Legend and Introduction for Korean Epic Tradition)  (Шомон ва эпик куйчиси).  Жўраев М., Ингёнг О  2017 Milli Folklor. – Ankara, 2017. – Yıl 29. – Sayı 114. р.5-15.
    К вопросу о традиционнқх способах вқражения в китайском литературоведении. Очилов О. 2017. Социосфера 7 бет.
4.2 Mahalliy nashrlarda Фольклоршуносликда қиёсий-типологик метод ва унинг ўзига хос хусусиятлари Шомусаров Ш., Жўраев М. 2017 “Шарқшунослик/Oriental Studies/Востоковедение” () 0,7 босма тобоқ
    Оларанг символикаси. Жўраев М. 2017 “Бухоро давлат университети илмий ахбороти” ()  
5 Anjumanlar tezislari shu jumladan:          
5.1 Xalqaro anjumanlarda Современные языковые процессы в Арабских странах Персидского залива Шомусаров Ш.  2017 Сборник статей 1-международной научно-практической конференции “Османовские чтения” С.64-66
    Буюк ипак йўли минтақаси халқларининг фольклор анъаналари ва унинг шарқ ренесеансида тутган ўрни.  М. Жўраев,  А.Маннонов 2017 Самарқанд. Халқаро конференция материаллари  
5.2 Respublika miqyosidagi anjumanda          
    “Хитой халқ эртакларининг бадиий хусусиятлари” Очилов О. 2017 “Хитойшунослик: кеча ва бугун” номли конфренция материаллари тўпламида

Joriy etishga tayyor ilmiy ishlanmalar:

T/r Ilmiy ishlanmaning nomi Mualliflari Ilmiy ishlanmaning amaliy ahamiyati va qo‘llanilish sohasi Qo‘shimcha ma’lumot
1. Буюк ипак йўли халқлари астромифологияси (қиёсий-типологик таҳлил) Жўраев М. Араб халқлари адабиёти фольклори ва тарихини, хусусан, Буюк ипак йўли буйлаб араб ва МО халқлари адабий алоқлари тарихини ўрганишда илмий манба ва ўқув адабиёти вазифасини ўтайди. Монография ТДШИдаги филология (тилларни ўқитиш) бакалавриат йўналиши бўйича 2-4-курсларда мутахассислик фани сифатида ўқитиладиган дарсларда асосий адабиёт сифатида фойдаланилади.
2. Араб адабиёти тарихи (Араб халқ оғзаки ижоди қисми)  Шомусаров Ш.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: