• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi

 photo_2019-03-27_16-21-14 (2) PULATOVA DILDORA AKMALOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: Falsafa fanlari nomzodi,professor
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99871 256 75 87
E-mail: falsafa2009@mail.ru

Kafedra tarixi

Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan tengdosh bo‘lib, uning tashkil etilishi tarixi universitet  tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Kafedra tashkil topgan 1991-yildan boshlab, bu yerda respublikamizda taniqli bo‘lgan faylasuf-olimlar, professor-o‘qituvchilar M.A.Axmedova (1994-2012), X.Aliqulov (1990-2011),  R.M.Imomaliyeva (2003-2012), E.J.Boboyeva (2004-2012)  faoliyat olib borganlar. Kafedrada 2001-yildan boshlab “Falsafa” bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 2005-yildan “Zamonaviy Sharq falsafasi va tarixi” magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayorlash boshlandi. 2015-yil 20-sentyabrdan kafedra “Sharq falsafasi va madaniyati” deb nomlandi. Ayni paytda kafedrada 3 nafar fan doktori, professor, 3 nafar fan nomzodi, dotsent  1 nafar katta o’qituvchi, 3 nafar o’qituvchilar dars bermoqdalar. Etiborga loyiq jihati – yosh o’qituvchilarning kafedramiz bitiruvchilari ekanliklaridadir.

 Kafedraga 1993-yildan falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi M.A.Axmedova mudirlik qilgan, 2004-yil fevralidan boshlab esa falsafa fanlari nomzodi, professor, Oliy ta’limi a’lochisi D.A.Po‘latova rahbarlik qilib kelmoqda.

Sharq falsafasi va madaniyati bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxasisligi bitiruvchilari mamlalatimizdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, turli davlat va nodavlat tashkilotlarida mehnat qilmoqdalar; Vatanimizda, ayrimlari esa xorijdagi nufazli ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirmoqdalar. Xususan,  kafedraning  Falsafa ta’lim yo‘nalishini tamomlab, Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi  iqtidorli magistranti  bo‘lgan Aziza Shonazarova xorijda o‘qishni davom ettirrib, 2019-yilda muvaffaqiyatli doctorlik  dissertatsiya­sini himoya qildi va AQSH Kolumbiya Universitetining  proffesori etib saylandi, 2020-yila  O‘zbekiston Prezidenti  SH.M.Mirziyoyev tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu­­gun­­gi kunda u TDSHU Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

5120800-Sharq falsafasi va madaniyati;

 2020-2021 o‘quv yilidan: 5120500 – Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati)

Kafedra magistratura mutaxasisligi

5A120801-Sharq falsafasi va madaniyati;

2020-2021 o‘quv yilidan: 5A120502 – Sharq falsafasi va madaniyati

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

1 kurs 5120500 – Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati)
Sharqshunoslikka kirish
Ontologiya
Bilish falsafasi va epistemologiya
4. O‘zbekistondagi madaniy obidalar
2 kurs barcha yo‘nalishlar uchun
5.        Falsafa (kechki)
2 kurs 5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati tarixi
6. Sharq falsafasi va madaniyati tarixi
7. G‘arb falsafasi tarixi
8. Bilish falsafasi va epistemologiya
9. Din falsafasi
10. Madaniyat falsafasi va aksiologiya
11. Mantiq
3kurs 5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati tarixi
12. Sharq falsafasi va madaniyati tarixi
13. G‘arb falsafasi tarixi
14. Falsafa o‘qitish metodikasi
15. Axloq va nafosat falsafasi
16. Nutq madaniyati
4-kurs 5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati tarixi
17. Fan falsafasi
18. Sharq falsafasi va madaniyati tarixi
19. Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar
20. Ijtimoiy falsafa
21. G‘oyalar falsafasi
22. Globallashuv sharoitida Sharq va G‘arb madaniyatlari muloqoti.
23. Falsafiy matnlarni  o‘qib- o‘rganish
5A120502 – Sharq falsafasi va madaniyati 1kurs magistratura mutaxassisligi
1. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
2. Markaziy Osiyo xalqlarining tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy merosi
3. Yangi va eng yangi davr Sharq falsafasi
4. Zamonaviy G‘arb falsafasining muammolari va yo‘nalishlari
5. Globallashuv va milliy madaniyatlar rivoji
6. Falsafiy matn tarjimasi va amaliyoti
5A120801 – Sharq falsafasi va madaniyati 2kurs magistratura mutaxassisligi
7. Markaziy Osiyo xalqlarining tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy merosi va zamonaviy sivilizatsiyasi
8. Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi
9. Markaziy  Osiyo jahon sivilizatsiyas tizimida

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Po’latova Dildor Akmalovna- falsafa fanlari nomzodi, professor.
  2. Izzetova Emina Mustafaevna- falsafa fanlari doktori, dotsent.
  3. Ro‘zmatova Gulnoza Miraxrarovna-falsafa fanlari doktori, professor.
  4. Qodirov Muxammadjon- falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
  5. Axmedova Sanam Djalalovna-falsafa fanlari nomzodi,katta o‘qituvchi.
  6. Sulaymonov Jasur Baxtiyorovich-katta o‘qituvchi.
  7. Po’latov Sherdor Ne’matjonovich-o‘qituvchi.
  8. Ikromova Iroda Rixsibayevna -o‘qituvchi.
  9. Jurayev Sherali Soibnazar o’g’li-o‘qituvchi.

Kafedraning hamkor tashkilotlari:

  1. Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet  ijtimoiy fanlar fakulteti
  2. O‘zRFA Sharqshunoslik instituti
  3. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
  4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  5. Toshkent temir yo‘llari muhandislik universiteti
  6. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi.
  7. Chilonzor tumanidagi 202-maktab
  8. Uchtepa tumanidagi 193-maktab

Xalqaro hamkorlik:

  1. Rossiya Moliya universiteti

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari

  1. Po‘latova D. Qodirov M., Sulaymonov J.B. Sharq falsafasi va madaniyati tarixi. O‘quv qo‘llanma. 1-qism. -T., 2018.
  2. Po‘latova D., Ruzmatova G. G‘arb falsafasi tarixi. Darslik. -T., 2019.
  3. Po‘latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymonov J., Shozamonov Sh. Falsafa tarixi: Sharq falsafasi. -T., 2015.
  4. Po‘latova D., Ruzmatova G. G‘arb falsafasi tarixi . O‘quv qo‘llanma. -T., 2015.
  5. Po‘latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Abduhalimov A. Shozamonov Sh. Yangi va eng yangi davr Sharq falsafasi. -T., 2013.
  6. Po‘latova D., Fayzixo‘jayeva D. Mantiq. O‘quv qo‘llanma . -T., 2013.
  7. Po‘latova D., Ro‘zmatova G., Jalolova O‘. Axloqshunoslik. O‘quv qo‘llanma. -T., 2013.
  8. Pulatova D.A., Izzetova E.M. Filosofiya. -T., 2013.
  9. Izzettova E.M., Pulatova D.A. Filosofiya i metodologiya nauki. Uchebnoe posobie. -T., 2013.
  10. Po‘latova D.A. Falsafa. Falsafa asoslarining mantiqan-tizimlashgan amaliy kursi. -T., 2011.
  11. Osnovi filosofii. // Axmedova M., Xan V. um.tahr. -T., 1998.
  12. Osnovi filosofii. // Axmedova M., Xan V. um.tahr. -T., 2004.
  13. Ahmedova M. umumiy tahriri ostida. -T., 2006.
  14. Nuritdinov M.N., Po‘latova D.A., Fayzixodjaev D.E.va boshq. Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlari (VIII-XVIII  asrlar). -T., 2014.
  15. Po‘latova D.A., Sulaymonov J.B. Abu Zayd Abdurahmon  Ibn Xaldun qarashlarida axloq masalalari. -T., 2014.
  16. Po‘latova D., Rasuleva N., Sulaymonov J. Abduhalimov A. Ibn Miskavayhning axloqiy qarashlari. (“Tahzib-ul -axloq” va “Al-Hikmat al-xolida” asarlari asosida). -T., 2013.
  17. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqning falsafiy tafakkuri (o‘rta asrlar). -T., 2010.
  18. Qodirov M. Nasriddin Tusiyning “Axloqi Nosiriy” asari va uning tahlili.  -T., 2014.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari

  1. “Sharq falsafasining qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni”.
  2. “Mir Sayid Sharif Jurjoniy(1339-1431) ning falsafiy qarashlari va mantiqiy ta’limoti”.
  3. “Ilmiy bilish usullari va bilimning haqqoniyligi muammolari”.
  4. “Ilmiy bilish va insonparvarlik ideallarining o‘zaro munosabati”.
  5. “Freydizmda inson muammosining falsafiy tahlili”.
  6. “Ibn Xaldunning “Muqaddima” asaridagi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar”.
  7.  “Beruniy va F. Bekon gnoseologik qarashlarining qiyosiy tahlili”.
  8. “Mahatma Gandi dunyoqarashining falsafiy konseptual tahlili”.
  9. “Ibn Sinoning “Al-Ishorat va at-tanbehot” asaridagi borliq muammosining kognitiv tahlili”.

Kafedraning ilmiy loyihalari

  1. F-1-140 “Sharq falsafasining axloqiy qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni” (qo‘lyozma tarjimasi va tahlili asosida).

Fotolavhalar

fal3 fal5 fal6

fal2 fal fal1

 

23.06.2020, 11:16 7021

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: