• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlari ilmiy markazi

Markaz raxbari: s.f.d., prof. Sh.Yovqochev
Tel.: (+99871) 256 82 57
E-mail: 
yovkochev@yahoo.com 

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi
“Sharq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlari” ilmiy markazi 

“Sharq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlari” ilmiy markazi institut tarkibida Rektor va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor nazorati ostida Sharq mamlakatlari xalqlari tarixi, madaniyati va siyosiy jarayonlari sohalari bo‘yicha yuksak malakali olimlar guruhini o‘z atrofida maqsadli mustaqil tadqiqotlar olib borish uchun birlashtiradi.

Markaz faoliyatining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining siyosiy fanlar sohalariga oid qonunlari hamda qonun osti hujjatlari, Toshkent davlat sharshunoslik instituti Ustavi hamda Markaz Nizomi bilan belgilanadi.

Markazning samarali ish olib borishi uchun institut Ilmiy kengashi qarori asosida mablag‘ va moddiy resurslar ta’minoti ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari Markaz zarur mablag‘ va moddiy ta’minot masalalarida homiylar bilan hamkorlik hamda Respublika va xalqaro grantlar tanlovlarida loyihalar bilan qatnashadi.

Markazning asosiy vazifalari: 

Mintaqaviy tarixiy, madaniy, halqaro munosabatlarga doir hamda siyosiy jarayonlar xususiyatlarini o‘rganish.

  • Akademik nazariy va amaliy rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni rivojlantirish va rag‘batlantirish.
  • Tadqiq etilayotgan mintaqada ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni xolisona o‘rganish.
  • Ilmiy va boshqaruv tabaqalarda mintaqa to‘g‘risida ob’ektiv va xolisona fikr shakllantirish.
  • Sharq mamlakatlari bo‘yicha tizimli tadqiqotlar olib borish.
  • Sharq mamlakatlari olimlari bilan birgalikda turli ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar olib borish.
  • Sharq mamlakatlari yangi tarixi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi, ichki va tashqi siyosati, tashqi-iqtisodiy aloqalari, xozirgi siyosiy, geosiyosiy, ijtimoiy va madaniy vaziyat hamda xalqaro munosabatlarini o‘rganish.
  • Markaz faoliyati natijalarini ta’lim jarayoni bilan bog‘lash maxsus kurslarga darslik va qo‘llanmalar yaratishga jalb etish.
  • Markaz faoliyati tadqiqotlarining nashrlarini tashkil qilib berish. Markaz hamkorlik guruhining loyihaviy dasturlari asosida ilmiy seminarlar, anjumanlar uyushtirish.
  • Tadqiqot loyihalari bilan Respublika va xalqaro grantlar tanlovlarida qatnashib borish.
  • Markaz ishiga yosh iqtidorli talaba, magistrant hamda ilmiy tadqiqotchi-izlanuvchilarni jalb etish, ularning ilmiy izlanishlariga maslahat xizmati ko‘rsatish hamda ish natijalarini nashrga tayyorlashga ko‘maklashish.
  • Markazda yetakchi va mashhur davlat arbobi, diplomat, siyosatchi, tarixchi, tilshunos, sotsiolog va boshqa olimlar bilan uchrashuvlar uyushtirib borish, ularni zaruriyat xollarda tadqiqotlarga jalb etish.

Ilmiy Markaz Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Shahrisabz ko‘chasi, 16-uyda joylashgan ikkinchi binosida maxsus ajratilgan xonada ish olib boradi.

 Markaz tarkibi:

1) Markaz rahbari;

2) rahbar o‘rinbosari;

3) kompyuter va boshqa tashkiliy texnik vositalar bilan ishlay oladigan ish yurituvchi xodim;

4) ilmiy faoliyat guruhi: siyosatshunos-arabshunos, tarixchi-mintaqashunos, lingvist-eronshunos, filolog-afg‘onshunos va boshqalar.

 

17.11.2016, 15:19 3208

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: