• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti kafedrasi

“Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kengashining 2020-yil 15-maydagi 01-son majlisi qaroriga muvofiq “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm” fakulteti tarkibida sharq mamlakatlari iqtisodiyoti boʼyicha zamonaviy bilimlarni mukammal egallagan, mehnat bozori uchun raqobatbardosh, yuqori malakali iqtisodchi va mamlakatshunos kadrlar tayyorlash maqsadida “Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi asosida qayta tashkil etilgan.

Kafedra turli yillarda “Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti”, “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti”, “Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi”, “MDH va Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi”, “Xorijiy Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kabi nomlar bilan atalgan.

 

Kafedraga rahbarlik qilgan professor-oʼqituvchilar haqida maʼlumot:

1994-2009 yillarda – i.f.n., dotsent Ziyadullaeva Lola Saidkarimovna

2009-2015 yillarda – i.f.n., dotsent Ermamatov Shonazar Jumakulovich

2015-2016 yillarda – katta oʼqituvchi Sattikulova Gavxarniso Аhmadxanovna

2016-2018 yillarda – i.f.d., professor Rasulov Toʼlqin Sattarovich

2018 yildan – i.f.n., dotsent Ermamatov Shonazar Jumakulovich

Kafedraning shtat birligi:

Bugungi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori, professor (Rasulov T.S.), 2 nafar fan nomzodi, dotsent (Ermamtov Sh.J, Ziyadullayeva L.S.), 2 nafar katta oʻqituvchi (Sattikulova G.A., Xasanova J.N.), 3 nafar oʻqituvchi (Akbarova K.A.,  Lapasov N.A., Shovdirov T.N.), shuningdek, 2 nafar tayanch doktorant (Salayev D.S., Maxmasobirova N.O’.) va 1 nafar mustaqil tadqiqotchi (Yovqochev Sh.Sh.) faoliyat koʻrsatib kelmoqda.


Kafedraning ilmiy salohiyati, %:

photo_2020-06-22_09-12-46

Kafedrada 5231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi va 5A231001 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar b‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

photo_2020-06-22_09-31-02

Kafedra bitiruvchilarining asosiy isteʼmolchilari:

photo_2020-06-22_09-31-03

 

Kafedrada oʼqitiladigan fanlar:

Fan Kurs
5231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) бакалавр ta’lim yo‘nalishi
1 Mutaxassislikka kirish 1
2 Oʼrganilayotgan mintaqa (mamlakat) iqtisodiyoti 2,3,4
3 Oʼrganilayotgan mintaqa mamlakatlarida biznes va tadbirkorlik 3
4 Oʼrganilayotgan mintaqa mamlakatlarida tashqi iqtisodiy faoliyat 4
5 Oʼrganilayotgan mintaqa mamlakatlarida turizm 4
6 Oʼrganilayotgan mintaqa mamlakatlarida sanoatlashuv va integratsiya jarayonlari 4
7 Oʼrganilayotgan mintaqa mamlakatlarida EIZ 4
8 Oʼrganilayotgan mintaqa mamlakatlarida demografik jarayonlar va mehnat bozori 4
9 Iqtisodiy inqirozlar nazariyasi 4
10 Oʼrganilayotgan mintaqa mamlakatlarida bank-moliya tizimi 4
11 Oʼrganilayotgan mintaq amamlakatlarida innovatsiya va investitsiya siyosati 4
5A231001 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi
1 Iqtisodiy xavfsizlik va raqobatbardoshlik 1
2 Maxsus fanlarni oʼqitish metodikasi 1
3 Oʼrganilayotgan mintaqa mamlakatlarida yoqilgʼi-energetika omili 2
4 Oʼrganilayotgan mintaqa mamlakatlarida ilmiy-texnika va innovatsiya siyosati 1
5 Oʼrganilayotgan mintaqa mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy siyosati 1
6 Oʼrganilayotgan mintaqa mamlakatlari xalqaro reyting tizimlarida 1


Oʼquv-uslubiy ishlar

Kafedrada hozirgi kunda bakalavriat bosqichida 11 ta va magistratura bosqichida 6 ta fandan dars mashgʼulotlari olib boriladi. Kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan ushbu fanlardan darsliklar, oʼquv qoʼllanmalar, oʼquv va ishchi dasturlar, oʼquv-uslubiy majmualar va boshqa turdagi uslubiy koʼrsatmalar tayyorlangan. Yangi avlod darsliklarini yaratishda ham kafedra oʼz salohiyatiga ega boʼlib, “Oʼrganilayotgan mintaqa (mamlakat) iqtisodiyoti”, “Oʼrganilayotgan mintaqa mamlakatlarida biznes va tadbirkorlik”, “Oʼrganilayotgan mintaqa mamlakatlarida ilmiy-texnika va innovatsiya siyosati” kabi darsliklar reja asosida yaratilmoqda.

Barcha fanlardan oʼquv-uslubiy majmualar, maʼruza matnlari, oʼquv va ishchi darslari va boshqa uslubiy materiallar MT-Moodle elektron taʼlim platformasiga kiritilgan.

Soʼnggi uch yilda kafedrada 1 ta darslik, 2 ta oʼquv qoʼllanma, 3 ta uslubiy koʼrsatma tayyorlandi.

Kafedra professor-oʼqituvchilari reja asosida muntazam ravishda malaka oshirmoqdalar. Soʼnggi uch yilda kafedra mudiri, i.f.n., dotsent Ermamatov Sh.J. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazida “Taʼlim tizimi menejmenti” yoʼnalishi boʼyicha, katta oʼqituvchi Sattikulova G.А. va oʼqituvchi K.Аkbarova Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy (tarmoq) markazining Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yoʼnalishi boʼyicha malaka oshirdilar. Shuningdek, kafedra katta oʼqituvchisi Sattikulova G.А. “El-yurt umidi” jamgʼarmasi stipendianti sifatida 2019 yilda Moskva davlat universitetining Osiyo va Аfrika davlatlari institutida malaka oshirdi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yoʼnalishi “Xorijiy sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va iqtisodiy aloqalarining nazariy va amaliy masalalari” boʼlib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-oʼqituvchilar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar jalb etilgan. Kafedraning ilmiy-tadqiqot yoʼnalishi boʼyicha soʼnggi uch yil davomida kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan 1 ta monografiya, xorijiy jurnallarda 6 ta, Oʼzbekiston Respublikasi OАK eʼtirof etgan respublika ilmiy jurnallarida 15 ta, respublika miqyosidagi anjumanlarda 50 dan ziyod maqolalar chop etildi. Hozirgi kunda har bir kafedra aʼzosi oʼziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar.

Kafedra professor-oʼqituvchilaridan i.f.d., prof. T.S. Rasulov “Iqtisodiyot nazariyasi” boʼyicha ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashga va i.f.n., dots. Sh.Ermamatov “Makroiqtisodiyot” yoʼnalishi boʼyicha ilmiy seminar aʼzosi hisoblanadi.

Soʼnggi uch yilda yilida kafedra tomonidan 3 ta respublika va 3 ta OTM doirasidagi ilmiy konferentsiyalar tashkil etildi.

Kafedrada professor T.S.Rasulov rahbarligida PZ-20170928187 raqamli “Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini va raqobatbardoshligini taʼminlash mexanizmini takomillashtirish yoʼllari” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Unda kafedraning deyarli barcha professor-oʼqituvchilari ishtirok etmoqdalar.

Kafedra professor-oʻqituvchilarining ilmiy mavzulari

  1. Ermamatov Sh.J. – Oʼzbekiston iqtisodiyotining samarali hududiy tarkibini shakllantirish muammolari
  2. Rasulov T.S. – Valyuta munosabatlarini takomillashtirishning nazariy-uslubiy muammolari.
  3. Ziyodullaeva L.S. – Развитие промышленности в арабских странах в современных условиях.
  4. Sattikulova G.А. – Oʼzbekistonda ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish yoʼllari.
  5. Xasanova J.N. – Oʼzbekistonda yoqilgʼi-energetika sanoati rivojlanishi xususiyatlari va tendentsiyalari
  6. Аkbarova K.А. – Shimoliy Аmerika integratsiyasi modeli xususiyatlari va rivojlanish tendentsiyalari.
  7. Lapasov N.А. – Oʼzbekistonda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga oʼtish yoʼllari va istiqbollari.
  8. Shovdirov T.N. – Milliy iqtisodiyotda oʼsish nuqtalarini takomillashtirish va rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari

 

Kafedra tayanch doktorantlari va mustaqil tadqiqotchilarining ilmiy mavzulari

Salaev D.S. – Globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotning eksport tarkibini diversifikatsiyalash.

Mahmasobirova N. – Milliy iqtisodiyotni klaster modellari asosida rivojlantirishning jahon tajribasi (agrasanoat majmuasi misolida).

Yovqochev Sh. – Xalqaro moliya institutlarining Oʼzbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati xususiyatlari.

Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar

Talabalar bilan olib borilayotgan taʼlim va tarbiyaga doir ishlarni muvofiqlashtirish, yoshlarni barkamol, milliy gʼoyaga sadoqatli, jamiyatning ijtimoiy faol aʼzosi qilib tarbiyalash maqsadida kafedrada maʼnaviy-maʼrifiy ishlar oʼquv yili uchun tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, universitet zali, АRM, talabalar turar joyida kafedra kuni muntazam ravishda oʼtkazilmoqda, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koʼtarilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha 5 tashabbus yuzasidan tematik tadbirlar amalga oshirilmoqda, kafedra professor-oʼqituvchilari talabalar bilan birgalikda “Oʼzekspomarkaz”da boʼlib oʼtayotgan koʼrgazmalarga tashrif buyurmoqdalar.

Kafedrada “Iqtisodchi” debat-klubi faoliyat yuritmoqda. Bu klub aʼzolari (Rahbar – katta oʼqituvchi Sattikulova G.А.) xorijiy Sharq mamlakatlari va mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar, bahs yuritadilar. Ilmiy toʼgarakning asosiy maqsadi talaba-yoshlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, tahlillardan toʼgʼri xulosa chiqarish, muammoga tanqidiy koʼz bilan qarash, bahslashish madaniyatini shakllantirish hamda notiqlik qobiliyatini rivojlantirishga koʼmaklashishdan iborat.

Kafedraning xalqaro hamkorligi

“Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi ilmiy-tadqiqot, oʼquv uslubiy sohada qator mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʼlga qoʼygan.

 photo_2020-06-22_09-31-07

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy taʼlim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yoʼnalishidagi ishlari

Kafedra quyidagi Vazirlik, idora va tashkilotlar bilan innovatsion korporativ hamkorlik faoliyatini olib bormoqda:

 

photo_2020-06-22_09-31-08

22.06.2020, 10:11 1297

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: