• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi

 ulugbek ABDULLAYEV ULUG‘BEK ARTIQBAYEVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Tarix fanlari nomzodi
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Chorshanba (10:00-12:00)
Tel.: +99893 5067205
E-mail: xorijiysharq@mail.ru

Kafedra tarixi

Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti   tarkibiga kiradi. Kafedrada “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” g‘oyalari asosida mutaxassis kadrlar tayyorlashning yangi tizimlarini joriy etish, kadrlar malakasini dunyo standartlari darajasiga yetkazish, xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan muntazam o‘quv va ilmiy muloqot o‘rnatish hamda tajriba almashish, xususan, dunyo mamlakatlari tarixi, madaniyati, siyosati sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish borasida faoliyat olib boriladi.

Kafedra talabalarga tanlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Sharq mamlakatlarining tarixi, ijtimoiy-siyosiy tizimi, davlat tuzumi, dini, tarixiy geografiyasi, tarixiy manbashunosligidan mukammal bilim berish maqsadida tashkil etilgan. Sharq mamlakatlari tarixi va xozirgi zamon muammolari kafedrasi dastlab 1946 yilda Sharq mamlakatlari tarixi nomi bilan tashkil etilgan. Kafedra faoliyati davomida ko‘plab respublikamizda va xorijda taniqli sharqshunos-olimlar, ilm va fan arboblari yetishib chiqdi. Xususan, akademiklar – N.Baratov, B.Ahmedov, A.Muhammadjonov, professorlar – T.G‘iyosov, M.Boboxo‘jaev, M.Nishonov, M.Kutina, A.Xo‘jaev, T.Sattarov, A.Hasanov, S.Inog‘omov, Z.Munavvarov, R.Qodirov, R.Qosimov shular jumlasidan.

Hozirda kafedrada 2 nafar fan doktori hamda 6 nafar fan nomzodi, 6 nafar katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning o‘rtacha ilmiy-pedagogik ish staji 17 yilni tashkil etadi.

Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi tarixi yo‘nalishlarida olib boriladi. Ushbu ilmiy tadqiqotlarning natijalari monografiyalar, ilmiy risolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tarzida chop etilib, tarixchi-mutaxassislar, talabalar e’tiboriga havola qilinmoqda.

Kafedraning o‘qituvchilari va izlanuvchilari doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash yo‘lida faol ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda hamda ilmiy izlanuvchilik faoliyati doirasida doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlamoqdalar.

 Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

5 120300 – Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

Kafedra magistratura mutaxassisligi:

5A120302 – Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha)

 Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo‘nalishi:

  • Jahon tarixi
  • Mamlakatshunoslik
  • O‘rganilayotgan mamlakat tarixi
  • Arxeologiya
  • Tarixshunoslik va manbashunoslik
  • Tarixiy tadqiqot asoslari
  • Sharq mamlakatlari etnografiyasi, etnogenez va etnik tarixi
  • O‘rganilayotgan mintaqa tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi
  • Sharq mamlakatlari madaniyati tarixi

Magistratura mutaxassisligi:

  • Hozirgi Sharq mamlakatlari taraqqiyoti xususiyatlari
  • Mutaxassislikning nazariy masalalari
  • Sharq xalqlari ijtimoiy antropologiyasi
  • Tarixiy tadqiqotlarning metodologiyasi va zamonaviy usullari
  • Sharq mamlakatlari taraqqiyoti tarixining tizimli tahlili
  • O‘zbekistonning sharq mamlakatlari bilan munosabatlaru tarixi

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Xaydarov A.A – siyosiy fanlar doktori, professor
  2. Shodmanova S.B. – tarix fanlari doktori, professor
  3. Azimov K.S. – tarix fanlari nomzodi
  4. Xudoyberdiyev A.X. – tarix fanlari nomzod
  5. Tursunova S.M. – tarix fanlari nomzod
  6. Abdullayev U.A. – tarix fanlari nomzod
  7. Abdullayev N.A. – siyosiy fanlar nomzodi
  8. Shamsiyeva I.M. – tarix fanlari nomzod
  9. Qodirov Z.M. – katta o’qituvchi
  10. Qutbiddinov S.M. – o‘qituvchi
  11. Ikromov Sh.I. – o‘qituvchi
  12. Petrosova O.N. – o‘qituvchi
  13. Yodgorov Sh.M. – o‘qituvchi
  14. Narimonov D. – o‘qituvchi
  15. Egamberdiyev A. – o‘qituvchi

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  1. O‘zFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
  2. O‘zR FA Tarix instituti
  3. O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  4. O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
  5. O‘zbekiston Milliy Universiteti
  6. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Sharq tillari litseyi

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari

  • Азимов К.С. Ближний Восток: конфликты за землю, за воду, за веру. ХХ век.// Монография. – Т.: 2020. – 220;
  • И.Шамсиева ва б. Интерактивные методы обучения история Узбекистана.//Ўқув услубий қўлланма. Т.: 2019. – 173 б.
  • С.Б.Шодманова. Тарихий тадқиқотларнинг замонавий усуллари ва методологияси.// Дарслик. Т.:2019 (қайта нашр).  – 220 б.
  • А.М.Маннонов, Н.А.Абдуллаев ва б. Афғонистон тарихи. Ўқув қўлланма. Т.: 2018. 334 б.
  • Н.Абдуллаев ва б. Эрон тарихи. Ўқув қўлланма. Т.: 2017. 410 б.
  • Н.Абдуллаев ва б. Туркия тарихи. Ўқув қўлланма. Т.: 2017. 380 б.
  • Н.Абдуллаев ва б. Араб давлатлари тарихи. Ўқув қўлланма. Т.: 2017. 400 б.
  • Т.Ғ.Ғиёсов, У.А.Абдуллаев ва б. Ҳиндистон тарихи. Ўқув қўлланма. Т.: 2016. 330 б.
  • Т.Ғ.Ғиёсов, У.А.Абдуллаев ва б. Покистон тарихи. Ўқув қўлланма. Т.: 2016. 330 б.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

  • Sharq mamlakatlari tarixining zamonaviy muammolari
  • Sharq mamlakatlari tarixshunosligi masalalari
  • Sharq xalqlari antropologiyasi va madaniyat tarixi
  • Sharq diplomatiyasi tarixi

Kafedraning ilmiy loyihalari

  1. O‘zbekiston tarixini masofaviy o’qitish uchun Smart kontentini yaratish
  2. Raqamli Jahon tarixi

23.06.2020, 15:34 5124

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: