Sharq tillaridan imtihonlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4680-son qarorida 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga o`qishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dariy, hind, urdu, xitoy, koreys,uyg`ur, yapon tillari) ko‘p balli tizim asosidagi imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan.
Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan ko`rsatilgan tillardan test topshiriqlari ishlab chiqildi
Sharq tillari bo‘yicha shakllantirilgan testlardan namunalari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Sharq tillaridan test namunalari
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: