• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sirtqi bo’lim

654 BITURAEV UKTAMJON BAZARBAYEVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Katta o‘qituvchi
Lavozimi: Bo‘lim boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Telefon raqami: +998901271539
E-mail: uktamjon@mail.ru

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sirtqi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori asosida tashkil etildi. Universitetda sirtqi ta’lim kuyidagi shakllarda: sirtqi shakl hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shaklida olib boriladi.

Sirtqi bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, universitet rektorining buyruqlari hamda bo‘lim Nizomiga amal qiladi.

Sirtqi bo‘limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • sirtqi ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
  • talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo‘yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;
  • o‘qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar o‘zlashtirishi nazorat qilinishini ta’minlash;
  • talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
  • talabalar bilan o‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish;
  • mehnat muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni, bo‘lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etish;
  • o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarning o‘quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • universitet Kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi ta’lim manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirish;
  • talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi ta’limda o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarni taqsimlash;
  • sirtqi bo‘limning oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash va boshqalar.

Sirtqi bo‘limda ta’lim jarayoni. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida sirtqi ta’lim shakli 2018-2019 o‘quv yildan joriy etilgan. Sirtqi bo‘limda bo‘lim boshlig‘i va 1 nafar uslubchi faoliyat olib boradi.

2020 yil 31 may holatiga ko‘ra universitet Sirtqi bo‘limida jami 221 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan, 1- kursda 111 nafar talaba, 2- kursda 103 nafar talaba, 3-kursda 7 (2-mutaxassislik) nafar talaba.

2019-2020 o‘quv yilida TDSHU Sirtqi bo‘limida jami akadem guruhlar soni 11ta bo‘lib, ulardan 9 tasida o‘zbek tilida, 2 tasida rus tilida ta’lim beriladi.

Sirtqi bo’limda quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlanadi (2019-2020 o‘quv yili)

Ta’lim yo‘nalishi
 shifri nomi
1 5120300 Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha
2 5120700 Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)
3 5231002 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Yaqin  va O‘rta Sharq mamlakatlari)
4 5231002 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Uzoq Sharq va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari)


2020/2021 o‘quv yili qabul k
votasi. 2020 yil 12 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi 4749-sonli Qaroriga binoan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sirtqi ta’lim shakli uchun  2020-2021 o‘quv yilida qabul kvotasi quyidagicha belgilangan :

Ta’lim yo‘nalishi nomi va shifri Qabul kvotasi
1 5120300 Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 25
2 5120500 Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati) 25
3 5210300 Siyosatshunoslik 50
4 5231000 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) 25

Sirtqi ta’lim nizomi

22.06.2020, 15:22 1288

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: