Til ta’limi markazi
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI HUZURIDAGI MINTAQA TIL TA’LIMI MARKAZI
Tayyorlov kurslari
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yilning 27-fevralidagi “Oliy ta’lim muassalarida tashkil etilgan tayyorlov kurslari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 196-son buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshida 2018-yil 1-martdan Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun doimiy faoliyat ko’rsatuvchi tayyorlov kurslarida ona tili va adabiyot,tarix, xorijiy tillar,matematikadan mashg’ulotlar o’tkaziladi. Darslar kichik guruhlarda tasdiqlangan jadval asosida haftada 3 marta 1 yarim soatdan tinglovchilar uchun qulay vaqtda olib boriladi.
Tayyorlov kursining 90% bitiruvchilari xar yili Respublika Oliy o’quv yurtlariga kirishga muvaffaq bo’lmoqdalar.
Mazkur markaz Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 29-iyulda qabul qilingan 197-sonli “Respublika o’quvchi yoshlari uchun va mutaxassislariga xorijiy tillarni o’rgatishning tizimini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Markaz 15 yillik ish tajribasiga ega bo’lib, bu yerda yuqori mutaxassislar tinglovchilarga nazariy bilim va testlar bilan ishlash malakalarini o’rgatmoqdalar.
Barcha o’quv dasturlari TDSHUning o’quv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Manzil: TDSHU qoshidagi Yunusobod Akademik litseyi, B binosi 2-3-qavatlar.
Mo’ljal: Yunusobod 7-mavze, Korzinka supermarketi orqa tomoni.
Tel: 224-15-51
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: