• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Turk filologiyasi kafedrasi

 photo_2020-06-21_22-24-54 Kenjayeva Poshshajon Umidovna
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari doktori, dotsent.
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (9:00-17:00)
Tel.: +99894 6223229
E-mail: umid7780@inbox.ru

 Kafedra tarixi

Turk filologiyasi kafedrasi dastlab 1990-yilda Oltoyshunoslik nomi bilan tashkil etilgan. 1991- yildan kafedra Turkiy tillar nomi bilan ataldi. 2020-yilda kafedra nomi Turk filologiyasi deb nomlandi.  Oltoyshunoslik kafedrasida uyg’ur, turk, koreys, yapon tillari o‘qitilgan. Keyinchalik, bu yo‘nalishlar mustaqil bo‘lib ajralib chiqdi: turk filologiyasi, uyg’urshunoslik.

Bugungi kunda Turk filologiyasi kafedrasi elimizda turkshunoslik yo‘nalishida ta’lim berayotgan va ilmiy izlanish olib borayotgan yetakchi markazdir.

Kafedraga uzoq yillar akademik A.Rustamov rahbarlik qildi. 1999-yildan boshlab f.f.d., prof. Q.Sodiqov, keyinchalik f.f.d., prof. Q.Omonov, f.f.n., dots. J.Shabanov, f.f.d., prof. Z.Xudoyberganova va f.f.n, dots. U.Lafasov mudirlik qildi. 2019-yildan buyon kafedra mudiri lavozimida f.f.d., dots. P.Kenjayeva faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedrada ta`lim ikki yo‘nalishda – bakalavrlik va magistrlik bosqichlarida olib boriladi. Ilk bosqichda turk filologiyasi (turk tili va adabiyoti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr mutaxassislar tayyorlanadi. Turk filologiyasi kafedrasining professor-o‘qituvchilari turk filologiyasi kafedrasidan tashqari, yana mumtoz sharq filologiyasi, sharq falsafasi, xorijiy mamlakatlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, jahon siyosati va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti kafedralarining talabalariga ham ta’lim berib kelmoqda.

Kafedra o‘qituv faoliyatining yana bir qirrasi – universitetning  filologiya (sharq tillari) yo‘nalishlari uchun umumiy sanalgan tilshunoslik (tilshunoslikka kirish va umumiy tilshunoslik) fanlari ham kafedra yelkasida.

Uyg‘ur tilini o‘qitish ham kafedraning ta’lim yo‘nalishlaridan biridir. Uyg‘ur tili turk filologiyasi, xitoy filologiyasi bo‘limlarida qo‘shimcha sharq tili sifatida o‘qitiladi.

Kafedraning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

5120100-filologiya va tillarni o‘qitish

Kafedraning magistratura mutaxassisligi:

5A 120102-lingvistika

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo‘nalishi:

  • Tilshunoslikka kirish
  • Sharqshunoslikka kirish (Mutaxassislikka kirish)
  • Asosiy sharq tili (Turk tili)
  • Tanlov fan: ASHT (turk) amaliy fonetikasi
  • Turk adabiyoti
  • Turk tili filologiyasiga kirish
  • Turk tilini o‘qitish metodikasi
  • Umumiy tilshunoslik
  • Turk tilining nazariy grammatikasi
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti
  • ASHT (turk tili) maxsus kurs
  • Turk adabiyotida dramaturgiya
  • Asosiy sharq tili (uyg‘ur tili)
  • Uygʻur adabiyoti
  • Asosiy sharq tilining yozuv tizimi
  • Usmonli turk tili

Magistratura yo‘nalishi:

  • Mutaxassislikning nazariy grammatikasi
  • Lingvistik tadqiqotlari metodologiyasi
  • Mutaxassislikka oid maxsus adabiyoti tahlili
  • O‘rganilayotgan til tarixi
  • Turk tili stilistikasi
  • Turk tili dialektologiyasi
  • Maxsus adabiyot tahlilida tamoyil va usullar
  • Sharq adabiyotida zamonaviy nasr

Kafedraning professor-o‘qituvchilari:

  1. Kenjayeva Poshshajon – filologiya fanlari doktori, dotsent
  2. Omonov Qudratilla – filologiya fanlari doktori, professor
  3. Islamjonova Xafiza – filologiya fanlari doktori, professor
  4. Shabanov Jumali – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  5. Karazeybek Mustafo – tarix fanlari doktori, dotsent
  6. Aydemir Fikri – filologiya fanlari doktori
  7. Aminova Lola – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  8. Imomova Xolida – PhD, dotsent
  9. Er Pınar – oʻqituvchi
  10. Gisarov Farhod – o‘qituvchi
  11. Aripov Muhammadjon – o‘qituvchi
  12. Altinboyev Nuriddin – o‘qituvchi
  13. Salimova Zebo –o’qituvchi
  14. Shabanova Sadaf – stajor-o’qituvchi
  15. Boltaboyeva Hulkar – stajor-o’qituvchi
  16. Amirova Nigora – tayanch doktorant

Kafedraning hamkor tashkilotlari:

  • O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
  • O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
  • O‘zFA Adabiyot muzeyi
  • TDSHU qoshidagi Xorijiy tillar akademik litseyi

Kafedraning xalqaro hamkorligi:

  • Turkiya – Anqara Hoji Bayram Vali universiteti
  • Turkiya – Anqara Gazi universiteti
  • Turkiya – Marmara universiteti
  • Turkiya – Istanbul universiteti
  • Turkiya – Hajettepe universiteti
  • Turkiya – Anqara universiteti
  • Turkiya – Turk Dil Kurumu

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari:

  • X.Islomjonova. Путеводитель по языковедческим дициплинам (2010)
  • L.Aminova. Turk tilidan tarjima amaliyoti (2010)
  • J.Shabanov, X.Xamidov. Turk tilining imlo qoidalari (2010)
  • V.S.Yelok, P.Kenjayeva. Kutilmagan mehmon (2011)
  • Q.Omonov. O‘rganilayotgan mamlakat (Turkiya) da til vaziyati (2013)
  • Z.Xudoyberganova. Mutaxassislikning nazariy masalalari (2013)
  • G.Rixsiyeva, X.Hamidov. Turk tili (2013)
  • J.Shabanov. Oshiqlar bo‘stonidan guldasta (2015)
  • P.Kenjayeva. XX asr turk hikoyachiligining taraqqiyot tamoyillari (2017)
  • J.Shabanov, N.Altinboyev. Asosiy organilayotgan til (turk tili, 2018)
  • L.Aminova, N.Altinboyev. Turk tili (2018)
  • P.Kenjayeva. Turk adabiyoti (darslik I qism, 2019)
  • X.Imomova. Turk tili leksikologiyasi (2019)

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:

  • Sharq mamlakatlari tillarini o‘rganish va tilshunoslikning nazariy masalalari;
  • Turkiy tillar tarixi: yozma tilning yuzaga kelishi va tiklanishi masalalari;
  • Turkiy tillar tarixida matn tuzish an’anasining shakllanishi va tarixiy takomili hamda yozma til uslublarining yuzaga kelishi, uning yuksalishi masalalari;
  • Usmonli turk tiliga kirish;
  • Tilshunoslikning nazariy masalalari va lingvopoetika.

Kafedraning ilmiy loyihalari:

  • Ilk va o‘rta asrlarda yaratilgan turkiy hujjatlarning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi o‘rni (diplomatika, sfragistika, paleografiya va matn interpretatsiyasi masalalari);
  • Adabiyotshunoslik terminlari lugʻati (turk adabiyoti);
  • Buyuk ipak yoʻli folklori (turk folklori).

Fotolavhalar

shabaannn shaban

shabanov

 photo_2019-12-17_22-38-20 photo_2019-12-17_22-38-21 photo_2019-12-17_22-38-18 photo_2019-12-17_22-38-16 photo_2019-12-17_22-38-14 photo_2019-12-17_22-38-13 photo_2019-12-17_22-38-11 photo_2019-12-17_22-38-09 photo_2019-12-17_22-38-06 photo_2019-12-17_22-38-04

 

02.07.2020, 02:13 6888

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: