• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari

1. Xodjayeva Ra’no Umarovna
Professor R. Xodjayeva 07.07.1941 da Toshkent shahrida tug’ilgan. 1963 yil ToshDUning Sharq fakultetini tugatgan. 1990 yildan hozirga qadar TDSHI da ishlab kelmoqda. 1968 yilda filologiya fanlari nomzodi, 1995 yili filologiya fanlari doktori va 1999 yil professor unvoniga sazovor bo’lgan. 2000 yilda Misr arab Respublikasida nashr etilgan Qur’oni Karimning “Al-Muntaxab” nomli tafsirining rus tilidagi tarjimasiga mas’ul muharrir bo’lgan. Shu bilan birga 10 dan ortiq arab adabiyotiga oid kitoblar va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

2. Imomnazarov Muhammadjon Sultanovich
Professor M. Imomnazarov 1942 yil 6 fevralda tavallud topgan. 1966 yili TDU Sharq filologiyasi fakultetini tugatgan. 1975 yili filologiya fanlari nomzodi, 1990 yili filologiya fanlari doktori, 1993 yili professor unvoniga ega bo’lgan. 2013 yildan hozirga qadar TDSHIning XSHMA kafedrasidada professor lavozimida ishlab kelmoqda. 30 ga yaqin o’quv-uslubiy qo’llanma va monografiyalar hamda 100 dan ortiq maqolalar muallifi.

3. Muxtarov Timur Asqadovich
Professor T.Muxtarov 1948 yil Toshkent shahrida tug’ilgan. 1972 yili TDU Sharq filologiyasi fakultetini tugatgan. 1991-1995 yillar TDSHI da ilmiy ishlar bo’yicha prorektor lavozimida ishlagan. 1995-2000 yillari arab kafedrasi mudiri va 2000-2001 yillari magistratura dekani lavozimida ishlagan. 2005 yildan hozirga qadar XSHMA kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. 20 ga yaqin o’quv-uslubiy qo’llanma va monografiyalar hamda 100 dan ortiq maqolalar muallifi.

4. Akbarova Mohira Hidoyatovna
Dotsent Mohira Akbarova 1940 yili Toshkent shahrida tug’ilgan. 1962 yili TDU Sharq filologiyasi fakultetini tugatgan. 1966 yili filologiya fanlari nomzodi, 1970 yili dotsent lavozimida ishlay boshladi. 2004 yildan xozirga qadar XSHMA kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. 10 ga yaqin monografiya va o’quv-uslubiy qo’llanmalar va 70 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.

5. Ziyavuddinova Muxlisaxon
Dotsent Ziyavuddinova Muxlisaxon 1943 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1965 yili TDU Sharq filologiyasi fakultetini tugatgan. 1966-1969 yillari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti aspirant lavozimida hamda 1987 – 1991 yillari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qo’lyozmalar instituti kata ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 1990 yili filologiya fanlari nomzodi bo’lgan. 30 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanma va monografiyalar hamda 70 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.

6. Alimbekov Adxambek Kamolovich
Dotsent Alimbekov Adxambek 1954 yil Toshkent shahrida tug’ilgan. 1976 yili TDU O‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. 1982yili filologiya fanlari nomzodi, 1996 yili dotsent lavozimida ishlay boshladi. 2013 yildan xozirga qadar XSHMA kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. 10 ga yaqin monografiya va o’quv-uslubiy qo’llanmalar va 2000ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. 2015 yil O’z.R ning “Do’stlik” ordeni va O’z.Respublikasining Mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlangan “Ko’krak” nishoni sovrindori bo’lgan.

8. Kenjaeva Poshshajon

9. Turdieva Oydin Zafardinova
O’qituvchi Turdiyeva Oydin 1985 yili Samarqand shahrida tug’ilgan. 2006 yil TDSHI sharq filologiyasi bakalavr bosqichini 2008 yil “Adabiyotshunoslik” mutaxassisligi bo’yicha magistratura bosqichini tamomlagan. 2016 yili filologiya fanlari doktori bo’lgan. 2007 yildan hozirga qadar XSHMA kafedrasida ishlab kelmoqda. 1 ta monografiya va 30 dan ortiq maqolalar muallifi.

10. Saidazimova Umida

11. Saidova Nargiza Mahmudovna
Saidova Nargiza 1976 yil Toshkent shahrida tug’ilgan. 1998 yil TDSHI ning Sharq filologiyasi fakultetini tugatgan. 1998 yildan xozirga qadar XSHMA kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Saudiya zamonaviy realistic hikoyachiligi yo’nalishida ilmiy ish olib bormoqda. 2 ta monografiya va o’quv-uslubiy qo’llanmalar va 30dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

12. Komilova Shaxnoza Turabudinova
Komilova Shaxnoza 1979 yili Andijon viloyatida tug’ilgan. 2000 yil TDSHI ning Sharq filologiyasi fakultetini tugatgan. 2003 yil TDSHI ning Adabiyotshunoslik mutaxassisligining magistratura bosqichini tamomlagan. 2003 yildan xozirga qadar XSHMA kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirda Xitoy dramaturgiyasi yo’nalishida ilmiy ish olib bormoqda. 2 ta monografiya va o’quv-uslubiy qo’llanmalar va 30ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.

13. Gulnora Qosimova

27.08.2018, 16:37 2067

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: