• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyashunoslik fakulteti

 Shoira opa USMANOVA SHOIRA RUSTAMOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni filologiya fanlari doktori, professor
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00 – 16:00)
Tel.: +998903481005
E-mail: ushoira@mail.ru

Yuqori malakali koreyashunos mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Koreyashunoslik fakulteti tashkil etildi. Fakultet tarkibida 3 ta kafedra: “Koreys filologiyasi”, “Koreya iqtisodiyoti va siyosati” hamda “Koreya tarixi va madaniyati” kafedralari o‘z faoliyatini boshladi. Fakultetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Koreyashunoslik fakulteti shtatini amaliy ish tajribasiga, shuningdek, o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik va informasion-kommunikativ texnologiyalarni faol qo‘llay oluvchi hamda koreys tili, adabiyoti, Koreya tarixi, siyosati, iqtisodiyoti, falsafasini o‘rganish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib boruvchi mutaxassislar, tashabbuskor kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlash;

“Koreys filologiyasi” kafedrasi. 12-15 shtat birligidan iborat amaldagi “Koreys filologiyasi” kafedrasini qayta shakllantirish hisobiga fakultet ishini muvofiqlashtirishda markaziy ahamiyat kasb etuvchi kafedrani tashkil etish.

Bakalavr yo‘nalishida o‘qitiladigan asosiy fanlar: Zamonaviy koreys tili, Koreys tili tarixi, Koreys filologiyasiga kirish, Koreys tili nazariy grammatikasi, Qiyosiy koreys tili grammatikasi, Koreys tili leksikologiyasi, Koreys tilini o‘rgatish metodikasi, Madaniyatlararo muloqot asoslari, Sinxron tarjima, “Koreys tilida muomala kategoriyasi”, “Koreys tili ieroglifikasi asoslari”, “Ommaviy axborot vositalari tili va madaniyatlararo muloqot”, “Koreyada ta’lim va oliy ta’lim tizimi hamda pedagogika” maxsus kurslari.

Magistratura bosqichida o‘qitiladigan fanlar: Maxsus adabiyot tahlili, Mutaxassislikning nazariy masalalari, Koreys tili stilistikasi, Koreys tili dialektalogiyasi, Koreys tili til vaziyati, Koreys tilshunosligi tarixi va tilshunoslik maktablari, Ieroglifika.

B) “Koreya iqtisodiyoti va siyosati” kafedrasi. Kafedrada 8 nafar miqdorida shtat birligidan iborat, istiqbolda professor-o‘qituvchilar tarkibini oshirish ko‘zda tutilgan holda “Tinch okeani hududi va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi” kafedrasi tarkibidan ajralishi hisobiga kafedra tashkil qilish.

Bakalavr yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar: Koreya iqtisodiyoti, Koreys tili, Koreya tarixi va madaniyati, Koreya davlat tuzumi va ijtimoiy-siyosiy qurilishi, Koreyaning boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy munosabatlari, Siyosatshunoslik, Jahon siyosatining hududiy xususiyatlari, Geosiyosat, Jahon siyosati tarixi, Qurolsizlanish va xalqaro havfsizlik masalalari, Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar nazariyasi, Koreya tarixi.

Magistratura bosqichida o‘qitiladigan fanlar: Jahon iqtisodiy tizimlari, Koreyani rivojlantirishning ilmiy-innovasion va ilmiy-texnikaviy yo‘nalishi, Koreyaning demografik xususiyatlari, Koreya moliyaviy tizimi.

V) “Koreya tarixi va madaniyati” kafedrasi. Kafedrada 10 nafar miqdorida shtat birligidan iborat, istiqbolda professor-o‘qituvchilar tarkibini oshirish ko‘zda tutilgan holda “Xorijiy mamlakatlar tarixi” va “Xorijiy mamlakatlar adabiyoti” kafedralaridan ajratib olish hisobiga tashkil etish.

 Kafedrada bakalavr yo‘nalishi va magistratura bosqichida quyidagi fanlar o‘qitiladi: Koreya tarixi, Koreyaning qadimgi tarixi, Koreyaning zamonaviy tarixi, Arxeologiya, Mutaxassislikka kirish, Koreyaning tarixiy geografiyasi, Mamlakatshunoslik, Sharq arboblarining ilmiy merosi, Koreya falsafasi va falsafiy oqimlari, Koreya adabiyoti, Mutaxassislik bo‘yicha adabiyot tahlili, Asosiy sharq tili (koreys tili), Koreys tiliga xitoy tilidagi so‘zlarning o‘zlashishi, Madaniyat va etnografiya, Xorijda koreys diasporasi, Adabiyotshunoslikka kirish, O‘rganilayotgan mamlakat hududida innovasion va ilmiy-texnikaviy siyosat, O‘rganilayotgan mamlakat hududida ijtimoiy-iqtisodiy siyosat.

Har bir kafedra mamlakatni rivojlantirishning turli jabhalari uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Fakultet milliy kadrlardan tortib to Koreya Respublikasidan taklif qilingan professorlargacha turli tarkibga ega bo‘ladi. Fakultetda koreys va ingliz tili bilan birga 4 nafar chet tilini joriy qilish ko‘zda tutiladi. Kelajakda fakultet bitiruvchilarining nafaqat Koreya Respublikasi, balki unga qo‘shni Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa mamlakatlari bo‘yicha nodir mutaxassislarga aylanishiga imkon beruvchi kamyob xorijiy tillarni o‘qitish rejalashtirilmoqda.

Bakalavriatda o‘qish muddati 4 yil bo‘lib, bunda ikkita chet tilini bilish bo‘yicha bakalavrlik diplomi topshiriladi. Keyinchalik “Lingvistika”, “Adabiyotshunoslik”, “Jahon siyosati”, “Mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” mutaxassisliklari bo‘yicha 2 yillik o‘qishni davom ettirish mumkin. Magistratura bitiruvchilariga ko‘rsatilgan mutaxassisliklar va xorijiy tillarni bilish bo‘yicha diplom topshiriladi. Mutaxassis diplomi yoki magistrlik diplomini olgach, o‘qishni doktoranturada davom ettirish mumkin.

Koreyashunoslik fakulteti bitiruvchilari koreys tilidan keng foydalanuvchi chet mamlakatlar bilan aloqaga ega davlat muassasalari va tijorat tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqdalar. Fakultet bitiruvchilari Koreya iqtisodiyoti va siyosati bo‘yicha biznesmen va tadbirkor, maslahatchi va ekspertlar qatoriga qo‘shiladilar. Ular orasida diplomatiya sohasidagi ishchilar, firma rahbarlari, savdo-sotiq vakillari, turizm va mehmonxona ishi bo‘yicha menedjerlar, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib boradigan ko‘plab koreys korxonalarida xodim, gid-tarjimonlar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarida o‘qituvchi va ilmiy xodim, bojxona va soliq inspeksiyasi maslahatchilari singarilar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Koreyashunoslik fakulteti bitiruvchilari har tomonlama to‘liq tayyorlov natijasida Koreya Respublikasidagi yetakchi universitetlar va boshqa nufuzli xorijiy o‘quv muassasalaridagi iqtisodiyot, siyosatshunoslik va yuridik mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturalarga muvaffaqiyatli kirib ta’lim oladilar.

Fakultet bitiruvchilarining  har yili O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston Temiryo‘llari”, “O‘zkimyosanoat”, “Uzlegprom” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zbekneftegaz” MXK, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi va boshqa tashkilotlarga tanlov asosida ishga qabul qilinuvchi yosh koreyashunos-mutaxassislar (filolog, tarixchi, iqtisodchi, moliyachi, xalqaro vaziyat bo‘yicha mutaxassislar va b.)ning asosiy negizini tashkil qilishi ko‘zlangan. Ular, shuningdek, turli davlat muassasalari: vazirliklar va boshqarmalar, xalqaro, ijtimoiy va siyosiy tashkilotlar, xususiy firma va banklarda o‘z ish faoliyatlarini olib boradilar.

30.01.2019, 13:31 3879

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: