Malakaviy imtihonlar
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 10.00.00 – Filologiya fani tarmog’ida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlar qabul qilinadi:
- 10.00.05 – OSIYO VA AFRIKA XALQLARI TILI VA ADABIYOTI
 - 10.00.06 – QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK, CHOG‘ISHTIRMA TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIK
 - 10.00.10 – MATNSHUNOSLIK VA ADABIY MANBASHUNOSL
 
23.00.00 – Siyosiy fanlar tarmog’ida esa quyidagi ixtisosliklar bo’yicha malakaviy imtihonlar o‘tkaziladi:
- 23.00.02 – SIYOSIY INSTITUTLAR, JARAYONLAR VA TEXNOLOGIYALAR
 - 23.00.04 – XALQARO MUNOSABATLAR, JAHON VA MINTAQA TARAQQIYOTINING SIYOSIY MUAMMOLARI
 
07.00.00 – Tarix fani tarmog’i bo’yicha filogiya fani tarmog’i tarkibida
- 07.00.08 – TARIXSHUNOSLIK, MANBASHUNOSLIK VA TARIXIY TADQIQOT USULLARI hamda siyosiy fanlar tarmog’i tarkibida esa
 - 07.00.05 – XALQARO MUNOSABATLAR VA TASHQI SIYOSAT TARIXI ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihonlar qabul qilinadi.
 
Malakaviy imtihonlar sessiyalar shaklida yiliga 4 marta: fevral, may, noyabr va dekabr oylarida belgilangan tartib asosida qabul qilinadi.
Dissertatsiya mavzusiga muvofiq Ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihon topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Yo’llanma xat;
 - Pasport nusxasi;
 - Ma’lumotnoma (asosiy ish joyining Kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak);
 - Doktorlik dissertatsiyasining tayyorligi va himoyaga tavsiya etilganligi haqida ish bajarilgan muassasa bayonnomasidan ko’chirma;
 - Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi <<OAK Bulleteni>> jurnalida e’lon qilingani nusxasi;
 - Avvalgi malakaviy imtihon (“Chet tili”) fanidan topshirganini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
 - Ilmiy ishlar ro‘yxati (ish bajarilgan muassasa ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak).
 
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: