• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ogahiy nomidagi ijod maktabidan fotolavhalar

27.08.2020, 10:39 Yangiliklar 2248

Xabaringiz bor, joriy yilning 20-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, yozuvchi va shoirlar, ziyolilar bilan uchrashdi. Hazrat Navoiy bobomizning muhtasham haykali atrofida 20 dan ziyod atoqli shoir va adibning haykallari yaxlit me’moriy va badiiy kompozitsiyada, mantiqiy yechim asosida joylashtirilganini e’tirof  etdi. Quvonarlisi, unda buyuk shoir, tarjimon, tarixchi, davlat arbobi Ogahiy haykalining ham joy olgani bo‘ldi.

   Shuningdek, millat tarixida munosib o‘rin tutgan adiblar asarlarini o‘rganish va targ‘ib etish vazifasini oliy o‘quv yurtlariga topshirish g‘oyasi ilgari surildi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi oldiga mumtoz adabiyotimizning buyuk ijodkori Ogahiy hazratlarining hayoti va ijod yo‘lini o‘rganish, u zotning qo‘lyozma asarlarini tadqiq etish hamda o‘lmas g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirish vazifasi  qo‘yildi.

  2020-yil 9-iyul kuni Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabiga o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G. Sh. Rixsiyeva boshchiligida universitet ma’muriyati, professor- o‘qituvchilari tashrif buyurdilar. Dastlab ijod maktabi oldida joylashgan, yangilangan Ogahiy uy muzeyi bilan, so‘ngra Ogahiy ijod maktabida o‘quvchilarni bilim olishlari, yashashlari, ijod qilishlari borasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar va bu ularda katta taassurot qoldirdi. Shundan keyin Ogahiy ijod maktabining “Iste’dodlar markazi”da ikki ta’lim muassasasi o‘zaro hamkorligining asosiy  yo‘nalishlari, amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami va ahamiyati muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva va Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayevlar o‘zaro Hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Shartnomaga ko‘ra, birgalikda Ogahiy hayoti va ijodini o‘rganish va targ‘ib qilishda ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma’rifiy ishlarni yo‘lga qo‘yish, maktab o‘qituvchilari va universitet professor- o‘qituvchilari bilan, shuningdek, yosh ijodkorlarni tarbiyalashda hamkorlikni amalga oshirish, ilmiy maqolalar chop qilish, konferensiya, uchrashuv, ko‘rik-tanlov va “Mahorat darslari”ni tashkil qilish, “Ogahiy hayoti va ijodi- yoshlar tarbiyasi uchun namuna” yo‘nalishidagi yo‘l xaritasida belgilangan ishlarni bajarishda maktab o‘qituvchi va mutaxassislarini jalb qilish va boshqa masalalar bo‘yicha kelishib olindi.

photo_2020-07-10_16-08-55

photo_2020-07-10_10-49-35

photo_2020-07-10_10-49-33  photo_2020-07-10_10-49-36 photo_2020-07-10_16-08-45 photo_2020-07-10_16-08-46 photo_2020-07-10_16-08-48 photo_2020-07-10_16-08-49 photo_2020-07-10_16-08-53photo_2020-08-27_10-36-23

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: