O’quv-uslubiy bo’lim
 ![]()  | 
Umarova Saodat Mahkamovna | |
| Lavozimi: | Bo’lim boshlig’i | |
| Qabul vaqtlari: | Har kuni (11:00-13:00) | |
| Tel.: | 71 233-02-38 | |
| E-mail: | saodathon@mail.ru | |
O‘quv-uslubiy bo‘lim
O‘quv-uslubiy bo‘lim – o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.
O‘quv-uslubiy bo‘lim universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.
O‘quv-uslubiy bo‘lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.
O‘quv-uslubiy bo‘limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- Universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, institut tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
 - Universitetda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
 - Universitet fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
 - O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
 - Universitet ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va institut Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
 - Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va institut ta’lim jarayoniga tatbiq qilish;
 - Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning zamonaviy tizimlarini tatbiq etilishini ta’minlash;
 - Pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishini ta’minlash;
 - Talabalar davomatini tahlil etish;
 - Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
 - Universitetdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
 - Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
 - Universitetda professor-o‘qituvchilar shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
 - O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
 - Universitet fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
 - Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
 - O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
 - Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
 - Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
 
O‘quv-uslubiy boshqarmada boshliq, nazoratchi, statist, dispetcherlar faoliyat olib boradi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: