• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosat va turizm fakulteti

 Chori aka Xusanov Chori Qodirovich
Ilmiy darajasi va unvoni Iqtisod fanlari nomzodi
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: 233-03-34
E-mail:  chori-17@mail.ru

Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti haqida

2008-yilda “Xalqaro aloqalar va iqtisod” fakulteti asosida “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” fakulteti tashkil etildi. 2018-yilda “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” fakulteti asosida “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakulteti tashkil etildi. 2020-yilda “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakulteti asosida “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm” fakulteti tashkil etildi. Uning tashkil etilishidan maqsad yurtimizda iqtisodchi-sharqshunos, siyosatchi-sharqshunos kadrlarni tayyorlash, Sharq mamlakatlarining turizm salohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy, xavfsizlik, harbiy-texnikaviy rivojlanashining o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan, bu boradagi muammolarni tahlil qilish salohiyatiga ega mutaxassislarni yetishtirishdan iborat. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan ishlab chiqilgan davlat ta’lim standarti asosida fan dasturlari va o‘quv rejalari ishlab chiqildi. Hozirda fakultet dekani vazifasini i.f.n. Ch.Q. Xusanov bajarib kelmoqda.

Fakultetda 45 ta professor-o’qituvchilar, jumladan 12 nafar fan doktorlari, 10 nafar fan nomzodi, 6 nafar PhD, 7 nafar katta o’qituvchilar va 10 nafar o’qituvchilar o’z pedagogik faoliyatlarini olib borishmoqda. O’qituvchi va murabbiylar muntazam ravishda O’zbekistondagi hamda xorijiy mamlakatlardagi sharqshunoslikka, iqtisodiy aloqalarga jahon siyosatiga bag’ishlangan konferensiya, simpozium, seminarlarda qatnashadilar. Ular chet ellik hamkasblarini yurtimizdagi milliy iqitisodiyotimizda hamda sharqshunoslik maktabida erishilgan yutuqlar bilan tanishtirmoqdalar va tajriba almashmoqda. Jumladan, fakultetdan 2019-yilda 5 nafar o’qituvchi xorijga anjumanlarda qatnashish uchun yuborildi.

Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti tarkibi

Hozirgi kunda fakultet tarkibida 4 ta kafedra mavjud.

  1. “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti”;
  2. “Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm”;
  3. “Sharq mamlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar”;
  4. “Matematika va axborot texnologiyalari” kafedralari.

2019-2020-o’quv yilida fakultetdagi talabalar soni bakalavriaturada 312 kishini, magistraturada 58 kishini tashkil etdi. Yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan, fakultetning hayotida faol ishtirok etuvchi talabalar davlat va oliy o’quv yurtlari o’rtasidagi bitimlarga asosan chet davlatdagi nufuzli o’quv yurtlariga stajirovkaga yuboriladilar.

O’zbekiston bo’yicha faqat bizning fakultetda Yaqin, O’rta, Uzoq Sharq, MDH va Janubiy Osiyo bo’yicha iqtisodchi-sharqshunos, siyosatchi sharqshunos va turizm bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ular o’rganayotgan mamlakatlarining tili, madaniyati, tarixi, iqtisodi, siyosati va turizm salohiyati bo’yicha chuqur bilimga ega bo’ladilar. Fakultetda o‘qish jarayonidan tashqari mamlakatni yanada chuqurroq o‘rgatish maqsadida bir qancha to‘garaklar faoliyat yuritib kelmoqda.

Biz bitiruvchilarimizning O’zbekiston mehnat bozorida talabga ega ekanliklaridan va vazirlik, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlarda, chet el kompaniyalarida, banklarda, diplomatik idoralarda samarali mehnat qilayotganlaridan faxrlanamiz.

Fakultet bo‘yicha ilmiy salohiyat 58.5 % ni tashkil etadi:

photo_2020-06-22_00-47-31

 

Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakultetida bakalavriat va magistratura bosqichida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

5231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo’yicha) – 4 yil;

5210300 – Siyosatshunoslik – 4 yil;

5610300 – Turizm (yo’nalishlar va faoliyat turlari bo’yicha) – 4 yil;

Magistratura mutaxassisliklari

5A231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo’yicha) – 2 yil;

5A231102 – Tashqi iqtisodiy faoliyat (Tashqi savdo faoliyati bo‘yicha) – 2 yil;

5A120701 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat – 2 yil;

5A610300 – Turizm (yo’nalishlar va faoliyat turlari bo’yicha) – 2 yil;

Fakultetda jami:

592 nafar shundan,

312 nafar bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida,

103 nafar bakalavriat bosqichi kechki ta’lim shaklida,

119 nafar bakalavriat bosqichi sirtqi ta’lim shaklida,

58 nafar magistratura bosqichida,

Fakultetdagi barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida o‘rganiladigan xorijiy tillar

Sharq tillari: Arab, Fors, Turk, Pushtu, Dariy, Hindiy, Urdu, Xitoy, Yapon

G‘arb tillari: Ingliz, Nemis, Fransuz

XALQARO ALOQALAR

  1. Moskva davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti
  2. Sank-Peterburg davlat universiteti
  3. Latviya Boltiq xalqaro akademiyasi
  4. Ankara universiteti
  5. Qozon Federal universiteti
  6. Marmara universiteti
  7. Ankara Xoji Bayram universiteti
  8. Gujarat universiteti
  9. Jamia Millia Islamiya
  10. Al-Farobiy nomidagi Qozog’iston milliy universiteti
  11. Yevroosiyoda xavfsizlik masalalarini tadqiq etish bo’yicha Jorj Marshall nomidagi Yevropa markazi
  12. Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoshidagi Markaziy Osiyo, Kavkaz va Ural-Volga bo’yi tadqiqot markazi
  13. AQSHning Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlar markazi

Ilmiy faoliyat va doktorantura

Bugungi kunda fakultetda 14 nafardan ziyod doktorant va mustaqil tadqiqotchilar iqtisodiyot va siyosat sohasidagi quyidagi shifr mutaxassisliklari bo‘yicha fan doktori (DSc)  va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda:

08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti

08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi

23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar

23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari

Bugungi kunda quyidagi tashkilotlar bilan korporativ hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
  2. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
  3. “Adolat” Sotsial Demokratik Partiyasi
  4. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi
  5. “Milliy tiklanish” Sotsial Demokratik Partiyasi
  6. Toshkent moliya instituti.
  7. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
  8. TDIU huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
  9. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi.
  10. Singapur menejmentni rivojlantirish institutining Toshkent filiali.
  11. “Sredazsvetmetenergo” OAJ.
  12. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
  13. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
  14. TDIU qoshidagi O‘zbekiston iqtisodini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqotlar markazi
  15. Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
  16. Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti
  17. Toshkent moliya instituti
  18. Travel Advisor MChJ
  19. XK “Seide International”
  20. Respublika aholi bandligi va mehnatni mohofaza qilish ilmiy markazi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Fakultetda faoliyat olib borayotgan to‘garaklar:

photo_2020-06-22_00-22-03

Moddiy texnik baza

O‘quv binosi: Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi 16 uy

O‘quv auditoriyalari soni 36 ta

Kompyuter sinflari 2 ta

Multimediya majmuasi bilan jihozlangan auditoriyalar soni  19 ta

Talabalar turar joyi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani Ziyolilar ko‘chasi 33 uy

Fakultet joylashgan binoda Universitetning asosiy Axborot-resurs markazi (ARM) joylashgan bo‘lib, uning fondida 15000 ga yaqin nomdagi o‘quv adabiyotlari mavjud. ARMda yangi dastur bo‘yicha axborot resurslar bilan ishlashning zamonaviy imkoniyatlari yaratilgan. O‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarning to‘liq matnli elektron shakli skanerlash asosida ishlanib, dasturiy ta’minotga kiritish yo‘lga qo‘yilgan. ARMga a’zo bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun masofadan turib foydalanish imkoniyati ham yaratilgan.

 

22.06.2020, 00:48 6819

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: