• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yosh olimlar Kengashi

Sayfullaev Durbek Baxtiyorovich
Ilmiy darajasi va unvoni: Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Lavozimi: Yosh olimlar Kengashi raisi
Tel.: +99871 233 45 21
E-mail:  s.durbek@mail.ru

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Yosh olimlar kengashi”  qoshidagi tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ilmiy-nazariy seminari

NIZOMI

1. Umumiy ma’lumotlar

    1. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yosh olimlar kengashi yosh olimlar, tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishni tashkillashtiruvchi va yo‘naltiruvchi organ bo‘lib hisoblanadi.Kengash qoshidagi ilmiy-nazariy seminar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi ilmiy faoliyatni tashkil etishga oid farmoyish hujjatlari, Institut Ustavi va mazkur nizomga asoslanadi.

2. Maqsad, vazifalar va funksiyalar

  • Kengash maqsadi universitet yosh olimlari va tadqiqotchilarini ilmiy ishga yo‘naltirish hamda ularni ilmiy, kasbiy darajalarini ko‘tarishga ko‘maklashish, ijodiy xususiyatlarini yanada ochishga qaratilgan.
  • Ilmiy-nazariy seminar vazifalari quyidagilardan iborat:

– Tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan universitetning ustuvor ilmiy yo‘nalishlarida kelib chiqqan holda olib borayotgan tadqiqotlarni muhokama etib borish uchun tegishli sohalar bo‘yicha yetakchi olimlarni seminar ishiga jalb etish va muhokamalar uyushtirish;

  • universitetning turli yo‘nalishlardagi yosh olimlarni va tadqiqotchilarni faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishda ko‘maklashish;

– universitetning yosh olimlari va tadqiqotchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar bo‘yicha konkurs, seminarlar uyushtirish va o‘tkazish;

– har yili yosh olimlar va tadqiqotchilarning ilmiy ishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlarga ilmiy  maqolalarni tavsiya qiladi;

– yoshlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga ko‘maklashadi;

– har oyda ikki marta yosh olim, tadqiqotchilarning olib borayotgan ilmiy ishi bo‘yicha hisobotini tinglaydi, olimlar ishtirokida tadqiqot ishi bo‘yicha ma’ruzalar muhokama qilinadi.

 3. Ilmiy-nazariy seminar ish jarayonini tashkillashtirish

3.1. Seminarda universitetning 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlari hamda tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etadilar.

3.2.  Seminar raisi  Yosh olimlar uyushmasi  qarori asosida ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

3.3. Seminar ish jarayonining bir yilga tasdiqlangan ish rejasi, yig‘ilishlar kun tartibi seminar raisi tomonidan tayyorlanadi va ilmiy ishlar prorektori tomonidan tasdiqlanadi.

3.4. Yig‘ilishlarni ilmiy ishlar prorektori tomonidan tasdiqlangan seminar raisi olib boradi.

3.5. Seminar yig‘ilishlari kamida bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.

3.4. Seminar raisi ish faoliyatini mazkur Nizom, TDSHU rektori buyruqlari, kengash rejalari asosida olib boradi.

4. Ilmiy-nazariy seminar huquqlari

Seminar unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

4.1. Yosh olimlar, tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilari faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan savol va takliflarni kiritish;

4.2. Tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilari faoliyati bilan bog‘liq va zarur bo‘lgan informasion ma’lumotlarni olish va tarqatish;

4.3. Yosh olim va tadqiqotchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida qo‘lga kiritilgan yutuq uchun taqdirlash takliflarini kiritish.

5. Nizomga o‘zgartirish va to‘ldirishlarni kiritish

5.1. Mazkur nizom, shuningdek, unga kiritiladigan o‘zgartishish va to‘ldirishlar TDSHU Kengashi xulosasi asosida TDSHU rektori tomonidan tasdiqlanadi.

Yosh olimlar Kengashi nizomi

 

25.06.2020, 13:04 7175

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: