Xalqaro hamkorlik
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETINING XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
1991 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning Qaroriga muvofiq Toshkent davlat universiteti Sharq fakulteti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil etilgan. 2020 yil 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Qarori bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi. Bo‘limining asosiy faoliyati Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xorijiy mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalar, ta’lim markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’limning rivojlantirishga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishdan iboratdir.
Bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDShU) 100 ga yaqin xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Jumladan, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, Vyetnam, Malayziya, Indoneziya, Misr, Turkiya, Eron, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Frantsiya, MDH mamlakatlarining bir qator nufuzli universitet va tashkilotlari.
2019-2020 o‘quv yilida TDShUda ilk marotaba 3 ta xorijiy davlatlarning, Belorussiya Respublikasining Belorussiya Davlat universiteti, Koreya Respublikasining Kyongdong va Samyung universitetlari bilan hamkorlikda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Bu dasturlar bo‘yicha bitiruvchilar TDShU va xorijiy hamkor universitetining diplomlariga ega bo‘ladilar.
Universitetimiz xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan professor-o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi, talabalar bilan almashinuv, ilmiy konferentsiyalar, seminarlar, on-layn rejimida videokonferentsiyalar o‘tkazish va xalqaro ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi boshqa yo‘nalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Yurtimizda faoliyat yurgazayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari, tashkilotlari hamda do‘stlik jamiyatlari bilan ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlarida ham yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Buni yaqqol misoli sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Jahon Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Koreya Respublikasining KOICA, Yaponiyaning JISA, JICE, O‘zbekiston-Yaponiya markazi, Lal Baxodur Shastri nomidagi Hind madaniyat markazi, Turkiyaning TIKA, Buyuk Britaniyaning Britaniya Kengashi, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ milliy ofisi va boshqa tashkilotlarni keltirishimiz mumkin.
Sharq tillari, adabiyoti, tarixi va madaniyatini o‘rganishni targ‘ib qilish, shuningdek, ta’lim sifatini yaxshilash va ilmiy salohiyatni ko‘tarish maqsadida Xalqaro hamkorlik bo‘limi hamrohligida universitetimizda bir nechta markaz tashkil etildi:
- Konfutsiy nomli o‘zbek-xitoy instituti – 2005 yil, may
- Tsukuba universitetining Markaziy-Osiyo ilmiy tadqiqot markazi – 2006 yil,sentyabr
- Mahatma Gandi nomli hindshunoslik markazi – 2007 yil, aprel
- Pokiston markazi – 2009 yil, may
- Vetnam tili va madaniyati markazi – 2012 yil, noyabr
- Indonez tili va madaniyati markazi – 2013 yil, mart
- Koreyashunoslik markazi – 2013 yil, aprel
Har yili Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, Turkiya, Misr, Eron, Indoneziyaning hamkor oliy ta’lim muassasalaridan uzoq muddatga taklif etilgan 40 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar TDShU va uning qoshidagi Konfutsiy institutida o‘rganilayotgan davlat tili, adabiyoti va iqtisodiyotidan dars berib kelmoqdalar. Bundan tashqari qisqa muddatga ham tizimli ravishda xorijdan professor-o‘qituvchilar taklif qilinadi. Shu bilan birga, har o‘quv yili Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Rossiya va boshqa davlatlardan 50 ga yaqin fuqarolar universitetda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda o‘zbek va rus tillarini o‘rganish maqsadida tashrif buyurgan stajyorlar tahsil olishadi.
TDShUning professor-o‘qituvchilari har yili muntazam ravishda Yaqin Sharq, Osiyo, Afrika, Yevropa, Amerika hamda boshqa mintaqa davlatlarida tilshunoslik, sharqshunoslik, xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar, tarix, falsafa, mintaqashunoslik muammolariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro konferentsiyalar, simpoziumlar va seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. O‘zbek sharqshunoslik fani yutuqlari va muvaffaqiyatlarini targ‘ib-tashviq qilib, tajriba almashib kelmoqda. Jumladan, 2019 yilda 67 nafar professor-o‘qituvchilar chet elga turli darajadagi tadbirlarda ishtirok etish uchun yuborildilar. TDShUda Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan talabalar uchun e’lon qilinadigan turli xorijiy grant dasturlarida qatnashish uchun o‘qishi yaxshi va a’lo ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, yuksak ma’naviyatli, ilmiy va ijodiy yo‘nalishlarda muayyan yutuqlarga erishgan, universitet hayotida faol ishtirok etadigan nomzodlar tanlov asosida yuboriladi. Bundan tashqari turli xalqaro tadbirlarda bizning talabalarimiz ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2019 yilda xorijiy hamkor OTMlarda stajirovka o‘tash hamda turli xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun 70 nafar talaba xorijga yuborilgan.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari hamda tashkilotlari bilan tuzilgan memorandum va shartnomalar
RO‘YXATI
Mamlakat | № | Xorijiy hamkor | Imzolangan sana | Veb-sayt |
AQSH | 1 | San-Diego davlat universiteti | 1998 yil 1-Dekabr | https://www.sdsu.edu |
2 | Sietl shahridagi Vashington universiteti | 2004 yil 10-Aprel | https://www.gwu.edu | |
BELORUSSIYA | 1 | Belorussiya davlat universiteti | 2019 yil 19-Iyul | https://www.bsu.by |
BUYUK BRITANIYA | 1 | Markaziy Lankashir universiteti | 2013 yil 9-Oktabr | https://www.uclan.ac.uk |
2 | Norvich til va talim instituti | 2018 yil 14-Oktabr | https://www.nile-elt.com | |
VENGRIYA | 1 | Loran Etyosh nomidagi Budapesht universiteti | 2017 yil 25-Iyul | https://www.elte.hu |
VYETNAM | 1 | Vyetnam davlat universiteti huzuridagi ijtimoiy va gumanitar fanlar universiteti | 2013 yil 18-Oktabr | www.ussh.vnu.edu.vn |
2 | Vyetnam davlat universiteti | 2011 yil 3-Oktabr | http://www.vnu.edu.vn | |
INDONEZIYA | 1 | Indoneziya universiteti | 2017 yil 20-Dekabr | https://www.ui.ac.id |
2 | Indoneziya Malang universiteti | 2018 yil 14-Fevral | https://um.ac.id | |
KOREYA RESPUBLIKASI
|
1 | Daejin universiti | 2009 yil 19-Fevral | http://www.daejin.ac.kr |
2 | Kangnam universiteti | 2004 yil 21-May | https://web.kangnam.ac.kr | |
3 | Keymyung universiteti | 2018 yil 12-Avgust | http://dongsan.dsmc.or.kr | |
4 | Koreya xalqaro tatdiqotlar universiteti | 2018 yil 30-Oktabr | https://dis.korea.ac.kr | |
5 | Koreyashunoslik akademiyasi | 2018 yil 5-Iyul | http://www.aks.ac.kr | |
6 | Kongju milliy universiteti | 2017 yil 29-May | http://www.kongju.ac.kr | |
7 | Kukmin universiteti | 2006 yil 26-Iyul | https://english.kookmin.ac.kr | |
8 | Koreya fondi | 2015 yil 31-Avgust | http://en.kf.or.kr | |
9 | Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) | 1993 yil 20-Sentabr | http://www.koica.go.kr | |
10 | Kyung Hee universiteti | 2007 yil 30-Avgust | https://www.khu.ac.kr | |
11 | Kyungdong universiteti | 2019 yil 10-Iyun | https://kduniv.ac.kr/en | |
12 | Gimcheon universiteti | 2007 yil 29-Mart | http://www.gimcheon.ac.kr | |
13 | Namseul universiteti | 2007 yil 29-Mart | https://www.nsu.ac.kr | |
14 | Pukyong milliy universiteti | 2010 yil 5-Noyabr | http://www.pknu.ac.kr | |
15 | Pusan chet tillari universiteti | 2018 yil 2-Noyabr | https://www.bufs.ac.kr | |
16 | Tegu Haani universiteti | 2018 yil 10-May | http://www.dhu.ac.kr | |
17 | Sangmyung universiteti | 2019 yil 30-May | https://www.smu.ac.kr | |
18 | Seojeong universiteti | 2001 yil 2-May | http://www.seojeong.ac.kr | |
19 | Sungkyul universiteti | 1995 yil 19-Sentabr | https://www.sungkyul.ac.kr | |
20 | Sun-Mun universiteti | 2017 yil 23-Noyabr | https://www.sunmoon.ac.kr | |
21 | Sunchon milliy universiteti | 2017 yil 23-Oktabr | https://www.scnu.ac.kr | |
22 | Handong global universiteti | 2019 yil 11-Yanvar | https://www.handong.edu | |
23 | Hankuk chet tillar universiteti | 2018 yil 18-Iyun | http://www.hufs.ac.kr | |
24 | Hanyang universiteti | 2017 yil 23-Iyun | https://www.hanyang.ac.kr | |
25 | Hanshin universiteti | 2007 yil 23-Aprel | http://www.hs.ac.kr | |
26 | Chonbuk milliy universiteti | 2008 yil 6-Oktabr | http://jbnu.ac.kr | |
27 | Chung-Ang universiteti | 2004 yil 24-Sentabr | https://neweng.cau.ac.kr | |
QOZOGʻISTON | 1 | Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universiteti | 2017 yil 20-Iyul | https://www.kaznu.kz |
2 | M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti | 2018 yil 12-Aprel | www.ukgu.kz | |
LATVIYA | 1 | Boltiq xalqaro akademiyasi | 2018 yil 24-Oktabr | https://bsa.edu.lv |
MALAYZIYA | 1 | Sulton Idris nomidagi Malayziya pedagogika universiteti | 2017 yil 21-Iyul | https://www.upsi.edu.my |
MISR | 1 | Al-Azhar universiteti | 1992 yil 8-May | http://www.azhar.edu.eg |
2 | Qohira universiteti | 1997 yil 12-Mart | https://cu.edu.eg | |
3 | Mansura universiteti | 1997 yil 13-Mart | http://www.mans.edu.eg | |
4 | Helvan universiteti | 2004 yil 24-Mart | http://www.helwan.edu.eg | |
NIDERLANDIYA QIROLLIGI | 1 | Leyden universiteti | 2018 yil 30-Iyun | https://www.universiteitleiden.nl |
2 | Rotterdam islom universiteti | 1999 yil 7-Iyun | https://www.universiteitleiden.nl | |
ROSSIYA | 1 | Rossiyaning birinchi Prezidenti B.N.Yeltsin nomidagi Ural federal universiteti | 2018 yil 16-Oktabr | https://urfu.ru/ru |
2 | Qozon federal universiteti | 2018 yil 16-Oktabr | https://kpfu.ru | |
3 | Moskva davlat universitetining M.V.Lomonosov nomidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti | 2017 yil 5-Sentabr | http://www.iaas.msu.ru | |
4 | Rossiya Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti | 2018 yil 15-Mart | https://www.ivran.ru | |
5 | Rossiya xalqlar do’stligi universiteti | 2018 yil 12-Mart | http://www.rudn.ru | |
6 | Sankt-Peterburg davlat universiteti | 2020 yil 13-Mart | https://spbu.ru | |
7 | Tinch okeani davlat universiteti | 2018 yil 16-Oktabr | http://pnu.edu.ru | |
8 | Chelyabinsk davlat universiteti | 2018 yil 16-Oktabr | https://www.csu.ru | |
TURKIYA | 1 | Anqara universiteti | 2019 yil 6-Noyabr | https://www.ankara.edu.tr |
2 | Anqara Hoji Bayram Vali universiteti | 2019 yil 6-Noyabr | https://hacibayram.edu.tr | |
3 | Gazi universiteti | 2019 yil 7-Noyabr | http://gazi.edu.tr | |
4 | Marmara universiteti | 2019 yil 6-Noyabr | https://www.marmara.edu.tr | |
5 | Otaturk universiteti | 2018 yil 3-May | https://www.atauni.edu.tr | |
6 | Stanbul universiteti | 2019 yil 4-Noyabr | https://www.istanbul.edu.tr | |
7 | Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) | 2005 yil 20-Oktabr | https://www.tika.gov.tr | |
FRANTSIYA | 1 | Parij sharq tillari va tsivilizatsiyasi milliy instituti | 2018 yil 10-Oktabr | http://www.inalco.fr |
XITOY | 1 | Lanchjou universiteti | 2019 yil 10-Dekabr | http://www.lzu.edu.cn |
2 | Lanchjou universiteti Siyesatshunoslik va xalqaro munosabatlar instituti | 2019 yil 18-Sentabr | http://zgy.lzu.edu.cn | |
3 | Lanchjou universiteti Tarix va madaniyat instituti | 2012 yil 1-May | http://history.lzu.edu.cn | |
4 | Sian xalqaro tadqiqotlar universiteti | 2015 yil 20-Avgust | http://en.xisu.edu.cn | |
5 | Tyanjin xalqaro aloqalar politekhnika instituti | 2001 yil 4-Sentabr | http://www.tjpu.edu.cn | |
6 | Shanxay universiteti Iqtisodiyot maktabi | 2018 yil 28-Dekabr | http://en.shu.edu.cn | |
7 | Shanxay xalqaro talim universiteti | 2018 yil 11-Dekabr | http://en.shisu.edu.cn | |
8 | Shimoliy-G’arbiy Minzu universiteti | 2018 yil 6-Iyun | http://www.xbmu.edu.cn | |
9 | Shanxay universiteti Qoshidagi Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi instituti | 2013 yil 12-Aprel | http://en.shu.edu.cn | |
10 | Hunan pedagogika universiteti | 2016 yil 28-Noyabr | http://www-en.hnu.edu.cn | |
HINDISTON | 1 | Vivekananda xalqaro hamkorlik fondi | 2017 yil 25-Avgust | https://www.vifindia.org |
2 | G’olib instituti | 2005 yil 14-Mart | https://ghalibinstitute.org | |
3 | Gujarat universiteti | 2019 yil 26-Noyabr | https://www.gujaratuniversity.ac.in | |
4 | Dehli universiteti | 2006 yil 25-Aprel | http://www.du.ac.in | |
5 | Jamia Millia Islamiya universiteti | 2019 yil 28-Noyabr | https://www.jmi.ac.in | |
6 | Mavlono Ozod milliy urdu universiteti | 2019 yil 24-May | http://manuu.edu.in | |
ERON | 1 | Sa’diy fondi | 2018 yil 23-Dekabr | https://saadifoundation.ir/fa |
YAPONIYA | 1 | Aichi prefekturasi universiteti | 2019 yil 8-Iyul | https://www.aichi-pu.ac.jp |
2 | Vaseda universiteti | 2016 yil 27-Oktabr | https://www.waseda.jp | |
3 | Kansay universiteti | 2019 yil 9-Dekabr | http://www.kansai-u.ac.jp | |
4 | Kioto chet tillari universiteti | 2017 yil 13-Noyabr | https://www.kufs.ac.jp | |
5 | Sofiya universiteti | 2016 yil 18-Noyabr | https://www.sofia.edu | |
6 | Tokio chet tillar universiteti | 1997 yil 20-Avgust | http://www.tufs.ac.jp | |
7 | Toyo universiteti | 2010 yil 22-Noyabr | https://www.toyo.ac.jp | |
8 | Tsukuba universiteti | 2005 yil 6-Sentabr | http://www.tsukuba.ac.jp | |
9 | Hosey universiteti | 1996 yil 1-Avgust | https://www.hosei.ac.jp | |
10 | Fukuoka prefekturasi Ta’lim masalalari bo’yicha tatdiqot instituti | 1994 yil 26-Sentabr | http://www.fukuoka-pu.ac.jp | |
11 | Fukuoka xotin-qizlar universiteti | 2009 yil 6-Iyul | http://www.fwu.ac.jp |
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: