Xorazmdan tuhfa
Bugun erta tongda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashiga Xorazm viloyati hokimiyatidan ko‘ngillarga xush yoquvchi sovg‘a keldi. Bu Hazrat Ogahiyning 10 jildlik asarlarining hozirgacha nashr etilgan 7 jildlik to‘plamidir.
Ushbu kitoblar Kengash a’zolari, universitet professor-o‘qituvchilari va tolibi ilmlarini nihoyatda quvontirdi. Armug‘on etilgan kitoblar Ogahiy hazratlarining hayot va ijod yo‘llari, u zotning asarlarini tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati hamda Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashi a’zolari nomidan Xorazm viloyati hokimiyati mas’ullariga samimiy tashakkurlarimizni yo‘llab qolamiz. El ma’rifati yo‘lidagi say’-harakatlaringizga zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: