Xushxabar
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshida tuzilgan Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashi a’zosi, filologiya fanlari doktori Abdulla O‘rozboev Muhammad Rizo Ogahiyning “Riyozu-d-davla (Davlat bog‘lari)” tarixiy asarining yangi nashrini tayyorlab, chop ettirdi.
Hazrat Ogahiyning 6 ta tarixiy asar bitgani ma’lum. Ular ichida “Riyozu-d-davla” alohida o‘ringa ega. Asar Xiva xoni Ollohqulixon (1825–1842)ga bag‘ishlangan.
Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashi nomidan Abdulla O‘rozboevni ushbu mashaqqatli mehnatni yuzaga chiqarganlari bilan qutlab, u kishining keyingi ilmiy va ijodiy ishlariga yuksak parvozlar tilaymiz.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: