• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yapon filologiyasi kafedrasi

 nodirapa Xalmurzayeva Nadira Tashmurzayevna
Ilmiy darajasi va unvoni: PhD
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99871 2337966
E-mail:

Yapon filologiya kafedrasi 1992-yilda tashkil etilgan bo‘lib, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun O‘rta Osiyoda yapon tili o‘qitish bo‘yicha ochilgan birinchi o‘quv maskani hisoblanadi. Kafedraning birinchi mudiri dotsent Kim Mun Uk edi. 1993-1999 yillarda kafedraga filologiya fanlari nomzodi N.Pak, 2000-2010 yillarda M.Ibrohimova, 2011-2013 yillarda filologiya fandari nomzodi dotsenti N.D.Kim, 2013-2014 yillarda katta o‘qituvchi N.Xalmurzayeva, 2014-2018-yillar davomida E.Matchonov mudirlik qildi. Hozirgi kunda kafedraga PhD Nodira Xalmurzayeca rahbarlik qilmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada ishlayotgan o‘qituvchilarning aksariyati aynan yapon filologiya kafedrasining bitiruvchilaridir. Kafedrada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yosh va malakali o‘qituvchilar o‘z kasbiga fidokorligi bilan ajralib turadi. Bu o‘qituvchilar bilan bir qatorda kafedra tashkil etilgan birinchi kundan boshlab o‘z hissasini talabalarni malakali va sifatli tayyorlashga qo‘shayotgan yaponiyalik mutaxassis Sugano Reyko ham tinmay izlanishlardadir. Uning O‘zbekistonda yaponshunoslikni rivojlanishga qo‘shgan hissasini alohida e’tiborga olinib 2014 yilda u O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Sugano Reykoning yapon kafedrasi o‘qituvchilari bilan xamkorlikda 2010 yilda nashr etilgan “Yapon tili darsligi” nomli 1-2 qismli kitobi hozirgi kunda kafedra o‘qituvchilari va talabalari tomonidan foydalanilmoqda.

photo_2019-04-13_18-22-04Kafedrada yapon tili va adabiyoti bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi. Hozirgi kunda kafedra talabalarini o‘qitish uchun yetarli moddiy-texnik baza, 11000 jilddan ziyod adabiyotni o‘z ichiga olgan kutubxona, kompyuter va lingafon xonalari tashkil qilingan, bevosita Yaponiyaning NHK teleko‘rsatuvlaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi maxsus televizor o‘rnatilgan. Aytish mumkinki, hozirgi paytda kafedra o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan hamma o‘quv vositalari bilan ta’minlangan.
Kafedrada ko‘p yillardan beri Tokio Chet Tillar Universiteti, Xosey Universiteti, Tsukuba Universitetlari, bilan o‘quv va ilmiy soxalarda xamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan va talabalarning aksariyati Yaponiyadagi mazkur oliy ta’lim muassasalarida o‘z malakalarini oshirish imkoniyatiga egadirlar. Bundan tashqari 2016 yilning oktyabr oyida Vaseda Universiteti xamda dekabr oyida Sofiya Universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Kafedra bakalavriyat ta’lim yo‘nalishida:

Asosiy til sifatida 170 talaba
Ikkinchi til sifatida 47 talaba

Kafedra magistratura mutaxasissligida:

Asosiy til sifatida 7 talaba
Ikkinchi til sifatida 4  talaba

Yaponiyada tahsil olayotgan talabalar:

Bakalavr yo ‘nalishida 5 talaba
Magistratura yo ‘nalishida 4 talaba

Yaponiyadan kelib ToshDShIda tahsil olayotgan talabalar:

Tokio Chet tillari Universitetidan 1 talaba
Хosey Universitetidan 1 talaba
Tsukuba Universitetidan 2 talaba

Yaponiyadan taklif qilingan professor

Тohoku Gakuin  Universitetidan 1 professor
Tsukuba  Universitetidan 1  professor

 

photo_2019-04-13_18-22-05

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriyat yo‘nalishi:
1. Asosiy sharq tili (Yapon tili) 1-4 kurs
2. Asosiy sharq tilining nazariy grammatikasi (Yapon tili)
3. Asosiy shark tili va o‘zbek tillarining qiyosiy grammatikasi (Yapon tili)
4. AShTdan maxsus kurs: Yapon ieroglifikasi asoslari
5. Asosiy o‘rganilayotgan til leksikologiyasi
6. Yapon tilida ish yurish usullari

Magistratura mutaxassisligi:
1. Mutaxassislikka oid maxsus adabiyot taxlili
2. O‘rganilayotgan mamlakatda (Yaponiya) til vaziyati
3. Yapon biznes nutqida xurmat kategoriyalarini qullash amaliyoti
4. Falsafiy qulyozmalarni o‘qish va tavsiflash
5. O‘rganilayotgan mamlakat (Yaponiya) tili tarixi

Kafedra professor o‘qituvchilari:
1. Xalmurzayeva Nodira Tashmurzayeva (PhD) – kafedra mudiri
2. Sugano Reyko-(dotsent)
3. Tursunova Nilufar Talatovna
4. To ‘xtamirzayeva Mashhura Mirzahakimovna (PhD) – катта ўқитувчи
5. Matchanov Elyor Omonboevich – katta o‘qituvchi
6. Fatkulina Luiza Nailevna – katta o‘qituvchi
7. Ishimura Ikumi – o‘qituvchi
8. Turapova Nargiza Axmedovna – o‘qituvchi
9. Salamova Fotima Omanovna – o‘qiyuvchi
10. Abduhamidova Dilafruz Abduxabirovna – o‘qituvchi
11. Ro ‘zumbetova Maftuna Faxriddinovna – o‘qituvchi

Kafedraning xamkor tashkilotlari
1. Toshkent shaxridagi Olmazor akademik litseyi.
2. Toshkent shaxridagi Yunusobod akademik litseyi.

Kafedraning xalqaro hamkorligi
1. Tokio Chet tillari Universiteti
2. Xosey Universiteti
3. Tsukuba Universiteti
4. Kioto Chet Tillar Universiteti
5. Sofiya Universiteti
6. Vaseda Universiteti
7. Fukuoka ilmiy tadqiqot madaniyat markazi
8. Osaka Iqtisod va Huquq Universiteti

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari
1. E.Matchanov, I.Gulyamov, N.Xalmurzayeva “Yapon tili” (2013)
2. N.Xalmurzayeva. “Yapon tili” (2005)
3. Sugano Reyko “Yapon tili darsligi” (2013)
4. Ishimura Ikumi “Yapon tili ieroglifikasi” (2009)
5. Н.Халмурзаева,И. Гулямов “Синтаксис японского язiка” (2011)
6. Хван Н.,Л.Фаткулина“Сравнительная грамматика русского и японского язiков” (2009)
7. Л.Фаткулина “Теоретическая грамматика японского язiка ” (2013)
8. Л.Фаткулина, Хван Н., Ишимура И. “Лексикология японского язiка” (2009)
9. Л.Фаткулина “Фонология японского языка ” (2009)
10. Сугано Рейко “Современная японская лингвистика” (2009)
11. Sugano Reyko, Ziyamova Z.,Tursunova N. “Yapon tilini o‘qitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalar” (2011)
12. Матчанов Э., Шамсиева Б. “Yapon tili I”(2017)
13. Абдухамидова Д., Хикматуллаева К. “Япон тилига илк қадам” (2018)
14. Сугано Р., Халмурзаева Н., Зиямова З., «Японча-русча-ўзбекча

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi
1. Yapon tilshunosligida pragmalingvistika, kognitiv linvistika va lingvokulturologiya, diskurs taxlili masalalari
2. Yapon tili terminologiya tizimi: tarixiy jarayonlar, hozirgi zamon ilmiy-texnik terminlarning shakllanish va rivojlanish muammolari.
3. Yaponiyada hozirgi zamon til vaziyati: adabiy til va laxjalar; til uslublari; globalizm va o‘zaro ta’sir masalalari.
4. Yapon tili semantikasi va semasiologiyasi masalalari.

Fotolavhalar

photo_2019-04-13_18-22-06
2018-yil 21-noyabr kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ito Nabuaki bilan “Yapon talabalarining ta’lim tizimidagi innovatsion g’oya va amaliyotga tatbiq etishlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur suhbatda yapon filologiyasining barcha bakalavr hamda magistr bosqich talabalari va kafedraning barcha a’zolari qatnashdilar.

photo_2019-04-13_18-22-072018-yilning 14-dekabr kuni Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Yapon filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari N.Xalmurzayeva, F.Salamovalar kasb bilan tanishtirish maqsadida “Til bilgan el biladi” mavzusida davra suhbati olib bordilar. Mazkur suhbatda Toshkent viloyatining Zangi ota tumanidagi 5-maktabning 7-sinf o‘quvchilari va ularning sinf murabbiylari qatnashdilar. O‘quvchilar ayniqsa, yapon tili, yapon ta’lim tizimi, yapon maktablarda o‘qitiladigan darslar bilan qiziqish bildirdilar.

photo_2019-04-13_18-22-07 (2)

photo_2019-04-13_18-22-08

ToshDSHI miqyosida o‘tkazilgan 28-Notiqlik san’ati tanloviga Sharq filologiyasi fakulteti Yapon filologiyasi kafedrasining bakalavr bosqichida ta’lim oluvchi 1-4 kurs talabalari ichidan 24 nafar talaba qatnashdi. Tanlovda g’alaba qozongan 3 nafar talaba O‘zbekiston miqyosida o‘tkaziladigan 28-Notiqlik san’ati tanlovida qatnashishga nomzodlikni qo‘lga kiritdilar.

photo_2019-04-13_18-22-09

photo_2019-04-13_18-22-10Tokio chet tillari Universitetining O‘rta Osiyo mutaxassisligi kafedrasi 2019 yilning 19-mart sanasidan 22-mart sanasigacha O‘zbekiston bo‘ylab o‘quv-ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Yapon filologiyasi kafedrasidan 37 nafar talaba va Tokio chet tillari universitetidan 23 nafar talaba ishtirok etishdi. Ular turli mavzular bo‘yicha slayd-prezentatsiya shaklida o‘z chiqishlarini amalga oshirib, baxs-munozaralar o‘tkazildi.

photo_2019-04-13_18-22-11

photo_2019-04-13_18-22-12Yapon kafedrasidan Xalmurzayeva Nodira (PhD Tsukuba Global Science Week 2018 nomli 20-22 sentabr kunlar Tsukuba xalqaro kongres markazida bo‘lib o‘tgan konferensiyada ishtirok etdi. Quyida konferensiyadan fotolavhalar keltiriladi.

photo_2019-04-13_18-22-13

photo_2019-04-13_18-22-13 (2)

matchanov

matchanov1

matchanov3

15.04.2019, 11:44 5690

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: