• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yaponiyaning AICHI universiteti rektorining TDSHIga tashrifi

10.07.2019, 18:20 Uncategorized 1176

TDSHIning rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv va ilmiy tadqiqot sohasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish orqali institutda ta’lim sifatini oshirish hamda uni jahon talablariga olib chiqish yo‘lida faol sa’y-harakatlarni amalga oshirilmoqda. Xususan, Bugungi kunda institutda 2 nafar yapon o‘qituvchi dars berib kelmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar doirasida 10 iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Yaponiyaning Aichi universiteti rektori Rey Kufukixara boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Aichi universiteti Yaponiyaning Nagoya viloyati Nagakute shaharchasida joylashgan bo‘lib, 1947 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda mazkur universitetda 5000dan ziyod talaba tahsil oladi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad ikki tomonning o‘zaro hamkorlik masalalari, institutdagi talabalarning yapon tilshunosligi va madaniyatini o‘rganish sifati va jarayoni bilan tanishishdan iborat.

Anjumanni TDSHI rektori, professor G. Rixsiyeva ochib berib, mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi. Bugungi kundagi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanib borayotgan bir paytda, fan-ta’lim sohasidagi hamkorlik ham o‘z samarasini berayotganligi quvonarli hol ekanligini ta’kidladi.

Yaponiyaning Aichi universiteti rektori Rey Kufukixara O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ming yildan ortiq vaqt mobaynida davom etayotganligi, o‘tmishda O‘zbekiston bilan Yaponiyani Buyuk ipak yo‘li bog‘lab turgani, O‘zbekiston esa ushbu yo‘lda muhim nuqta hisoblangani haqida, qolaversa, O‘zbekistonga kelganidan mamnun ekanligini bildirdi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: