YAPONSHUNSOLIK FAKULTETI
YAPONShUNOSLIK FAKULTETI
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti O‘zbekistonda yapon tilini rivojlantirish bo‘yicha yetakchilardan biridir. 1992 yilda tashkil etilgan Yapon filologiyasi kafedrasi yapon tilini o‘qitish bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi birinchi ta’lim muassasasidir. So‘nggi yillarda yaponshunoslik sohasidagi tadqiqotlar yangi fakultet tashkil qilinishiga sabab bo‘ldi. 2019 yil 4 -dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Yaponshunoslik fakultetining tantanali ravishda ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur fakultetning ochilishi dunyoning yetakchi davlatlaridan biri Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi davrida mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uning ToshDShUda ochilishi yapon tili bo‘yicha o‘qitish jarayoni va tadqiqotchilik ishlarini birlashtirish, ushbu sohadagi yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish, o‘zbek yaponshunosligi darajasini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini beradi. Fakul’tet olida turgan eng dolzarb vazifa nafaqat yapon tilidan ta’lim berish, balki yaponshunoslikni rivojlantirish, yani yapon tilshunosligi, yapon adabiyoti, Yaponiya siyosati, iqtisodi, tarixi, falsafasi, ma’daniyati sohasida mutahassis va tadqiqotchi kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
YAPON FILOLOGIYASI KAFEDRASI
Kafedraning birinchi mudiri sifatida dosent Kim Mun Uk raxbarlik kilgan bo‘lsa, 1993-1999 yillarda kafedraga filologiya fanlari nomzodi N.Pak, 2000-2010 yillarda M.Ibrohimova, 2011-2013 yillarda filologiya fandari nomzodi, dosent N.D.Kim, 2014-2018 yillarda katta o‘qituvchi E.O.Matchanov mudirlik qildi. Xozirgi kunda kafedraga PhD doktori N.T.Xalmurzaeva raxbarlik qilmoqda.
Yapon filologiyasi kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor- o‘qituvchilarning aksariyati aynan yapon filologiya kafedrasining bitiruvchilaridir. Kafedrada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yosh va malakali o‘qituvchilar o‘z kasbiga fidokorligi bilan ajralib turadi. Bu o‘qituvchilar bilan bir qatorda kafedra tashkil etilgan birinchi kundan boshlab o‘z hissasini talabalarni malakali va sifatli tayyorlashga qo‘shayotgan yaponiyalik mutaxassis Sugano Reyko ham tinmay izlanishlardadir. Uning O‘zbekistonda yaponshunoslikni rivojlanishga qo‘shgan hissasini alohida e’tiborga olinib 2014 yilda u O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Sugano Reykoning yapon kafedrasi o‘qituvchilari bilan xamkorlikda 2010 yilda nashr etilgan “Yapon tili darsligi” nomli 1-2 qismli va 2015 yilda nashr etilgan “Yapon tili darsligi – 3” nomli kitobi hozirgi kunda kafedra o‘qituvchilari va talabalari tomonidan foydalanilib kelinmoqda.
2006 yildan institutda Sukuba universitetining O‘rta Osiyo ilmiy-tadqiqot markazi ochilib faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu markaz tashabbusi bilan har yili Sukuba universiteti bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilarning ilmiy konferensiyalari o‘tkaziladi, konferensiya ishtirokchilarining maruzalari to‘plam sifatida nashr qilinadi.
Kafedraning ilmiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
– Yapon va o‘zbek tili o‘rganishning qiyoslash
– Badiiy matnlar tarjimasida nazariy va amaliy muammolar
Kafedra bakalavriyat ta’lim yo‘nalishida:
Asosiy til sifatida 105 talaba
Ikkinchi til sifatida 101 talaba
Kafedra magistratura mutaxassisligida:
Asosiy til sifatida 11 talaba
Ikkinchi til sifatida 8talaba
Yaponiyada tahsil olayotgan talabalar:
Bakalavr yo‘nalishidan 12 talaba
Magistratura yo‘nalishida 11 talaba
Yaponiyadan kelib ToshDShIda tahsil olayotgan talabalar:
Tokio Chet Tillari Universitetidan 2 talaba
Xosey Universitetidan 2 talaba
Sukuba Universitetidan 1 talaba
Sofiya Universitetidan
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriyat yo‘nalishi:
1.Asosiy sharq tili (Yapon tili) 1-4 kurs.
2.Chet tili (Yapon tili).
3. Asosiy sharq tilining nazariy grammatikasi (Yapon tili).
4. Asosiy shark tili va o‘zbek tillarining qiyosiy grammatikasi
(Yapon tili).
5. AShTdan maxsus kurs: Yapon ieroglifikasi asoslari.
6. Asosiy o‘rganilayotgan til leksikologiyasi.
7. AShT fonetik tizimi (Yapon tili)
8. AShT yozuv tizimi (Yapon tili)
Magistratura mutaxassisligi:
1. O‘rganilayotgan mamlakatda (Yaponiya) til vaziyati.
2. Yapon biznes nutqida xurmat kategoriyalarini qullash amaliyoti.
3. Falsafiy qulyozmalarni o‘qish va tavsiflash.
4. O‘rganilayotgan mamlakat (Yaponiya) tili tarixi.
Kafedra professor o‘qituvchilari:
1. Sugano Reyko-dosent
2. Xalmurzaeva Nodira (PhD) (kafedra mudiri)
3.Fatkulina Luiza – katta o‘qituvchi
4. Matchanov Elyor – katta o‘qituvchi
5. Ishimura Ikumi – o‘qituvchi
6. Zimova Zuxra – o‘kituvchi
7. Abduxamidova Dilafruz – o‘qituvchi
8. To‘xtamirzaeva Mashhura – katta o‘qituvchi (PhD)
9. Koeda Toshimi – o‘qituvchi
10. Tursunova Nilufar – o‘qituvchi
11.Turapova Nargiza – o‘qituvchi
12. Mamurjanova Gulbahor – o‘qituvchi
Kafedraning xamkor tashkilotlari
1. Toshkent shaxridagi Yunusobod akademik liseyi.
2. Toshkent shaxridagi 81 – o‘rta makab.
3. Toshkent shaxridagi 198 – o‘rta makab.
Kafedraning xalqaro xamkorligi
1.Tokio Chet Tillar Universiteti.
2. Xosey Universiteti.
3. Sukuba Universiteti.
4. Vaseda Universiteti
5. Sofiya Universiteti
6. Aichi Universiteti
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi
1. Sharq lug‘atchilik nazariyasi va amaliyoti: tarixiy davrlari, lug‘at tuzish prinsiplari va hozirgi zamon lug‘atlari.
2. Yapon tili terminologiya tizimi: tarixiy jarayonlar, hozirgi zamon ilmiy-texnik terminlarning shakllanish va rivojlanish muammolari.
3. Yaponiyada hozirgi zamon til vaziyati: adabiy til va laxjalar; til uslublari; globalizm va o‘zaro ta’sir masalalari.
4. Yapon tili semantikasi va semasiologiyasi masalalari.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: